Qişloq xöjaligi yerlari endi 49 yilga ijaraga berilişi mumkin
Özbekistonda qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarni ijaraga beriş muddati 49 yilgaça uzaytirilişi mumkin. Bu haqda parlamentning tegişli qonun loyihasida söz boradi.
Malum qilinişiça, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining keça, 22 iyulda ötkazilgan navbatdagi majlisida yer uçastkalariga bölgan huquqlarni tizimlaştirişga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilingan va Senatga yuborilgan.
Mazkur hujjat bilan qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarni ijaraga beriş muddatini amaldagi 30 yildan 49 yilga uzaytiriş taklif etilmoqda.
Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini ijaraga berişning eng köp muddati esa 49 yil etib belgilanmoqda.
Çet el fuqarolari va yuridik şaxslari, fuqaroligi bölmagan şaxslar hamda çet el investitsiyalari iştirokidagi korxonalarga qişloq xöjaligi yerlaridan ikkilamçi ijara huquqi asosida foydalaniş tartibi belgilanmoqda.
Şuningdek, noqişloq yerlar ijarasiga oid qoidalar soddalaştirilib, yerlarni auktsion orqali ijaraga olişga va uşbu yerni qayta ijaraga berişga ruxsat berilmoqda. Bundan taşqari, yakka tartibdagi uy-joylar joylaşgan yer uçastkasi ijara huquqi asosida berilişi mustahkamlab qöyilmoqda.
Eslatib ötamiz, joriy yil 21 aprelda Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan yer resurslaridan yanada samarali foydalanişga qaratilgan takliflar taqdimotida mazkur soha doirasidagi bir qança yangi tartib loyihalari körib çiqilgandi. Xususan, taqdimot yiğilişida ayni paytda yerlarni ijaraga beriş muddatini barça turdagi yerlar uçun, şu jumladan, sanoat va quriliş loyihalarini amalga oşiradigan çet ellik investorlar uçun ham 49 yil etib belgilaş taklif etilgandi.