USD: 11,938 so'm EUR: 13,769 so'm RUB: 142 so'm GBP: 16,108 so'm CNY: 1,770 so'm KZT: 26 so'm TRY: 250 so'm AED: 3,251 so'm USD: 11,938 so'm EUR: 13,769 so'm RUB: 142 so'm GBP: 16,108 so'm CNY: 1,770 so'm KZT: 26 so'm TRY: 250 so'm AED: 3,251 so'm

Saytdan izlash

Saqlangan xabarlar

Sizda hozircha saqlangan xabarlar yo'q!

Yangiliklarni o'qish

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ichimlik suvi ariqqa oqmoqda, mas’ullar esa… sukutda

316 марта
 
Urganch shahrida, aniqrog‘i Jayhun ko‘chasida — Al-Xorazmiy shaharchasi yaqinida bir necha kundan buyon ichimlik suvi ochiq holatda oqib, to‘g‘ri ariqqa oqib ketmoqda. Bu holatni har kuni yuzlab odam ko‘rib o‘tyapti. Ammo ko‘rayotgan bor, choralayotgan yo‘q.


Shahar ichida toza ichimlik suvi shunchaki isrof bo‘layotgani – og‘ir tanbeh talab qiladigan masala. Lekin Urganch shahrida bu mutlaqo oddiy holga aylanib qolgan chog‘i.
 
Savol tug‘iladi: biz kim bo‘lib qoldik?

Yo biz shunchalik boyib ketdikmi, ichimlik suvini shunchaki ariqlarga oqizadigan bo‘ldik?
Yoki bu befarqlik ortida e’tibor yo‘qotgan, mas’uliyatni unutgan tizim yotibdimi?

Ko‘chalarda suv oqmoqda, hovlilarda suv yetishmayapti. Nahotki bu ziddiyatli manzaraga hech kim e’tibor qaratmasa?


Kim javob beradi?

Ichimlik suvi — bu eng muhim resurs. Uni tejash haqida davlat darajasida dasturlar qabul qilinmoqda. Televizorda ekologik ong haqida gapiriladi. Ammo amalda esa — suv ariqqa, beparvolik esa yuraklarga oqmoqda.

  • Hududiy kommunal xizmatlar bu holatdan xabardormi?
  • Ichimlik suvi ta’minoti uchun javobgar “Suv ta’minoti” korxonasi nega jim?
  • Jayhun ko‘chasidagi bu holatni hech kim sezmadimi? Yoki befarqlik ko‘zlarimizni ko‘r qilganmi?
Isrof — jinoyat bilan teng

Bugun suvni tejash haqida qonuniy chora-tadbirlar qabul qilinmoqda. Biroq bunday holatlarga chora ko‘rilmasa, bu qonunlar faqat qog‘ozda qolaveradi.

Ichimlik suvi bu oddiy suyuqlik emas — bu ertangi kunimiz.
Suvni isrof qilish — kelajakni isrof qilish demak.

 
xorazmbugun.uz nima deydi?

Biz, xorazmbugun.uz jamoasi, bu kabi befarqlik va sustkashlikka jim qarab turolmaymiz. Jayhun ko‘chasidagi suv sizib chiqayotgan joy haqida aniqlik kiritish uchun mas’ul tashkilotlarga so‘rov yuboramiz.

Suv oqmoqda — vaqt ham. Mas’uliyat oqib ketmasligi kerak!



Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: