Ariana Grande elon qilinmagan qöşiqlarini öğirlagan xakerlarni sudga berdi
Amerikalik pop yulduz Ariana Grande elon qilinmagan qöşiqlari, şaxsiy suratlari va videolarini öğirlab, internetda sotganlikda gumon qilinayotgan xakerlarga qarşi sudga murojaat qildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Malum qilinişiça, xonanda bugun, 28 iyul kuni Los-Anjeles sudiga davo arizasi kiritgan. Unda gumonlanuvçilarning şaxsi aniqlanmagani sababli ular John Doe (şaxsi nomalum şaxs) sifatida körsatilgan. Grande sud jarayoni orqali ularning şaxsini aniqlab, javobgarlikka tortişni maqsad qilgan.
Davo arizasiga köra, xakerlar xonanda bilan işlagan bir neça kişining onlayn akkauntlariga noqonuniy kiriş orqali 2023 yilning özida uning 45 ta hali elon qilinmagan qöşiğini internetga sizdirgan.
Şuningdek, ulardan biri özini fotograf sifatida taniştirib, Grande jamoasi xodimlaridan birini aldab, xonandaning şaxsiy suratlarini qölga kiritgan. Ovoz yoziş jarayonlari va musiqiy kliplar suratga olinişi ortidagi foto va videolar ham öğirlanib, dark-web orqali sotilgani aytilmoqda.
Davo arizasida bu holat Ariana Grandening şaxsiy hayoti va ijodiga jiddiy zarar yetkazgani, maxfiy materiallarning ruxsatsiz tarqatilişi esa uning şaxsiyati hamda muxlislari bilan örtasidagi aloqaga tajovuz ekani takidlangan.
Malumot uçun, Ariana Grande 1993 yil 26 iyunda AQŞning Florida ştati, Boka-Raton şahrida tuğilgan. U qöşiqçi va aktrisa bölib, faoliyati davomida uçta Gremmi mukofotini qölga kiritgan hamda 20 marta uşbu mukofotga nomzod bölgan. Şuningdek, Grande aktyorlik faoliyatini ham davom ettirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq qöşiqçi va aktrisa Ariana Grande Oq uyga Prezident Donald Trampning migratsiya siyosati qöllab-quvvatlangan videolarda öz qöşiqlaridan foydalanişni taqiqlagan edi.