Baydenning audioyozuvlari yangi siyosiy mojaroga sabab böldi
28-05-2026, 13:54
291 марта

Baydenning audioyozuvlari yangi siyosiy mojaroga sabab böldi
AQŞ sobiq prezidenti Jo Bayden memuarlar (esdaliklar) uçun yozib olingan şaxsiy suhbatlarining audioyozuvlari elon qilinişini taqiqlaş maqsadida sudga murojaat qildi. Amaldagi Prezident Donald Tramp esa sobiq prezidentning uşbu qarorini tanqid qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.Qayd etilişiça, Jo Bayden Adliya vazirligiga qarşi davo arizasi bilan çiqqan. U Kongressdagi respublikaçilarga özining 2016-2017 yillarda memuar muallifi bilan ötkazgan suhbatlari audioyozuvlarini topşirişni muddatsiz taqiqlaşni talab qilmoqda.
Davo arizasida aytilişiça, Bayden mazkur materiallarning respublikaçilar nazoratida bölgan Vakillar palatasining Yuridik qömitasiga oşkor qilinişiga qarşi çiqmoqda.
Gap kitob tayyorlaş bilan boğliq bölgan suhbatlar haqida bormoqda. Sobiq prezidentning sözlariga köra, suhbatlarda juda şaxsiy va nozik mavzular, jumladan, 2015 yilda onkologik kasallik tufayli vafot etgan tönğiç öğli Bo Baydenning ölimi haqida söz borgan.
“Davogar Jozef Bayden suddan Adliya vazirligi tomonidan materiallarning qömitaga oşkor qilinişiga muddatsiz taqiq qöyişni söraydi”, deyiladi hujjatda.Adliya vazirligi uşbu materiallarni 2023 yilda Baydenning maxfiy hujjatlar bilan noqonuniy muomala qilgani böyiça olib borilgan tergov davomida qölga kiritgan. Öşanda vazirlik jinoiy taqib uçun asoslar yöq degan xulosaga kelgan.
Baydenning bildirişiça, yozuvlarning elon qilinişi uning şaxsiy hayot daxlsizligi huquqini buzadi. Davo arizasida, şuningdek, ilgari Adliya vazirligi ham xuddi şunday pozitsiyada bölgani, biroq Donald Tramp hokimiyatga qaytganidan keyin öz qarorini özgartirgani va fevral oyida audioyozuvlar hamda ularning matnli nusxalarini (stenogrammalarini) 15 iyun kuni qonun çiqaruvçilarga topşiriş niyatida ekanligini malum qilgani aytiladi.