USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev ertaga Qirğizistonga boradi

106 марта
Шавкат Мирзиёев эртага Қирғизистонга боради

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 30 iyul – 1 avgust kunlari davlat taşrifi bilan uşbu mamlakatda böladi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, oliy darajadagi muzokaralarda Özbekiston – Qirğiziston döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, özaro savdo hajmini oşiriş, sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş, transport sohasidagi özaro boğliqlikni hamda madaniy-gumanitar almaşinuvlarni rivojlantiriş masalalari körib çiqiladi.

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşadi.

Sammit yakunlari böyiça Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar töplamini imzolaş rejalaştirilgan.

Taşrif dasturiga muvofiq, Prezident Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uçraşuvi va boşqa tadbirlarda ham iştirok etişi közda tutilgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 15 may kuni Turkiston şahrida bölib ötayotgan Turkiy davlatlar taşkilotining norasmiy sammiti doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning uçraşuvi bölib ötgandi.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: