Andijonda boğça opa bolalarni böralab sökdi
Andijon viloyatidagi xususiy boğçalardan birida tarbiyaçi bolalarni haqoratladi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda bolalar stol atrofida ötirganini va tarbiyaçi ularni sökayotganini köriş mumkin. Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani maktabgaça va maktab talimi bölimi munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, holat Andjon tumani “Daryoböyi” MFYda joylaşgan “O Marziya” nodavlat maktabgaça talim taşkilotida sodir bölgan.
Uşbu holatda muassasa tarbiyaçisi M.Y. bolalar bilan maşğulot ötkazayotgan bölgan va odob-ahloq qoidalariga zid bölgan sözlarni aytgan.
Bildirilişiça, uşbu jarayonda pedagogik etika qoidalariga zid harakatni sodir etganligi uçun M.Y. egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Hozirda holatga huquqiy baho beriş yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahridagi boğçalarning birida tarbiyaçi bolaning oğziga latta tiqib, qiynagani va keyinroq mazkur holat böyiça jinoyat işi qözğatilgani haqida xabar berilgan edi. Uşbu hodisa ortidan “Rayyan Kids Land” boğçasining faoliyati töxtatildi.