USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tarbiyaçisi bolaga latta yedirgan boğçaning faoliyati töxtatiladi

208 марта
Тарбиячиси болага латта едирган боғчанинг фаолияти тўхтатилади

Avvalroq, Toşkent şahridagi boğçalarning birida tarbiyaçi bolaning oğziga latta tiqib, qiynagani va keyinroq mazkur holat böyiça jinoyat işi qözğatilgani haqida xabar berilgan edi. Uşbu hodisa ortidan “Rayyan kids land” boğçasining faoliyati töxtatiladi. Bu haqda Maktabgaça va maktab talimi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, vazirlikning tegişli buyruğiga muvofiq poytaxtda joylaşgan “Rayyan kids land” nodavlat maktabgaça talim taşkilotining litsenziya talablari va şartlarini bajariliş holatini örganişga doir tekşiruv ötkazilgan.

Örganiş natijalariga köra, talim taşkiloti tomonidan qonunçilik hujjatlarida belgilangan 6 ta holat böyiça litsenziya talablari va şartlari qöpol ravişda buzilgani aniqlangan.

Xususan, joriy yilning 24 iyun kuni talim taşkiloti tarbiyaçisi A.G. tomonidan tarbiyalanuvçilardan biriga nisbatan jismoniy va ruxiy zöravonlik qilingani qayd etilgan. Hozirda holat böyiça tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan jinoyat işi qözğatilgan.

Özbekiston Respublikasining “Litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida”gi qonunida nodavlat talim taşkiloti tomonidan litsenziya talablari va şartlari bir marotaba qöpol ravişda buzilgan va mazkur qoidabuzarlik fuqarolarning hayoti va soğliğiga ziyon yetkazilişiga olib kelgan bölsa, litsenziyani bekor qilişga asos bölişi qayd etilgan.

“Şu munosabat bilan, Maktabgaça va maktab talimi vazirligi tomonidan “ Rayyan kids land” nodavlat talim taşkilotiga tegişli litsenziyani bekor qiliş yuzasidan Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza kiritilişi malum qilindi”, deyiladi xabarda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: