USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Endi özbekistonliklar Qirğizistonga köçsa ham pensiya olişda davom etadi

72 марта
Энди ўзбекистонликлар Қирғизистонга кўчса ҳам пенсия олишда давом этади

Endi Özbekiston fuqarolari Qirğizistonga köçgan taqdirda ham pensiya olişda davom etadi. Bu haqda keça, 30 iyul kuni Qirğiziston Respublikasining Çölponota şahrida ötkazilgan oliy darajadagi uçraşuv doirasida Özbekiston Respublikasi hukumati bilan Qirğiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi örtasida imzolangan davlat ijtimoiy suğurtasi va pensiya taminoti töğrisidagi bitimda belgilandi.

Mazkur bitim ikki davlat hududida mehnat qilgan fuqarolarning pensiya huquqlarini himoya qiliş va pensiya taminoti sohasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan.

Bitimning asosiy qoidalari:

  • har bir davlat fuqaroning öz hududida orttirgan iş (suğurta) staji uçun pensiya tayinlaydi va tölaydi;
  • pensiya miqdori har bir davlatning milliy qonunçiligi asosida, şu davlat hududida işlagan staj, iş haqi yoki tölangan suğurta badallaridan kelib çiqib hisoblanadi;
  • bir davlatda tayinlangan pensiyani pensioner boşqa tomon hududida köçgan taqdirda ham oliş imkoniyati taminlanadi;
  • ikki davlat fuqarolariga teng huquqlar beriladi, şuningdek dafn etiş nafaqasi, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza, şaxsga doir malumotlarni himoya qiliş va vakolatli organlar örtasida axborot almaşiş tartiblari belgilanadi.

Bitimning ötiş qoidalariga muvofiq, u kuçga kirgunga qadar orttirilgan iş staji milliy qonunçilik hamda 1992 yil 13 martdagi MDH bitimi asosida inobatga olinadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston va Qirğiziston ikki davlat fuqarolarini çegarani kesib ötganidan keyin 15 kun davomida majburiy röyxatdan ötiş talabidan ozod qilişga kelişib olgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: