USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston farovonlik reytingida neçançi örinda?

134 марта
Ўзбекистон фаровонлик рейтингида нечанчи ўринда?

Legatum Prosperity Index’ning 2026 yilgi yangilangan reytingida Özbekiston dunyoning 161 ta davlatlari orasida 94-örinni egalladi. Bu haqda “Prosperity Index” xabar berdi.

Jadval tahliliga köra, Özbekistonning eng kuçli körsatkiçi mahalliy hamjamiyat yönalişida bölib, mamlakat 19-örinni egallagan. Şuningdek, talim (37-örin), ijtimoiy hamjihatlik (49-örin) va ijtimoiy munosabatlar (52-örin) böyiça ham nisbatan yaxşi natija qayd etilgan.

Biroq mamlakatning eng zaif yönalişi mulk huquqi bölib, uşbu mezon böyiça Özbekiston 136-örinni egallagan. Şuningdek, iqtisodiy erkinlik (131-örin), xavfsizlik (126-örin) va şaxsiy erkinlik (105-örin) yönalişlaridagi natijalar ham pastligiça qolmoqda.

2023 yil bilan taqqoslaganda, ayrim körsatkiçlarda ijobiy siljiş kuzatilgan. Jumladan, farovonlik reytingi 92-örindan 90-öringa, boylik 104-örindan 103-öringa, iqtisodiy erkinlik 132-örindan 131-öringa yaxşilangan. Ijtimoiy hamjihatlik ham 51-örindan 49-öringa kötarilgan.

Şu bilan birga, bir qator yönalişlarda pasayiş qayd etilgan. Xususan, şaxsiy erkinlik 97-örindan 105-öringa, oila 50-örindan 59-öringa, mahalliy hamjamiyat 13-örindan 19-öringa, ijtimoiy munosabatlar 50-örindan 52-öringa, davlat institutlariga işonç esa 76-örindan 77-öringa tuşgan. Soğliqni saqlaş (83-örin), talim (37-örin), xavfsizlik (126-örin) va mulk huquqi (136-örin) körsatkiçlari esa ötgan yilga nisbatan özgarmagan.

Reytingning ilk uç poğonasini Şveytsariya, Norvegiya va Irlandiya egallagan.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori natijani Qozoğiston qayd etib, 66-örindan joy olgan. Undan keyin Qirğiziston 87-örin bilan mintaqada ikkinçi, Özbekiston esa 94-örin bilan uçinçi böldi. Tojikiston 129-örin, Turkmaniston 150-örin va Afğoniston 155-örindan joy olgan.

Özbekiston ayrim iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlangan davlatlardan yuqori örinni egalladi. Xususan, reytingda Saudiya Arabistoni 97-örin, Turkiya 102-örin, Rossiya 103-örin, Ozarbayjon 105-örin va Xitoy 110-örindan joy olgan. Bu davlatlarning barçasi Özbekistondan keyingi poğonalarda qayd etilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston soğliqni saqlaş tizimi sifati böyiça xalqaro reytingda 49-örinni egallagani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: