USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xitoy raketasi parvozdan 90 soniya ötmay portlab ketdi

137 марта
Хитой ракетаси парвоздан 90 сония ўтмай портлаб кетди

“Long Març 7A” raketa-taşuvçisi Vençan kosmodromidan (Xitoy janubidagi Xaynan oroli) uçirilganidan söng köp ötmay portlab ketdi. Agar muammo dvigatellarda bölib çiqsa, bu mamlakatdagi boşqa parvozlar muddatiga tasir qilişi mumkin. Bu haqda “Space” xabar berdi.

Qayd etilişiça, hodisa keça, 10 avgust kuni Pekin vaqti bilan soat 20:02 atrofida yuz bergan. Raketa havoda startdan atigi 85 soniya ötgaç portlab ketgan.

“Long Març 7A” orbitaga “Zhongxing-4B” aloqa suniy yöldoşini olib çiqişi kerak bölgan. Portlaş raketaning birinçi bosqiçi ajralişidan oldin yuz bergan va suniy yöldoş ham portlab ketgan.

“Sinxua” parvoz paytida “favqulodda vaziyat” yuz bergani va bu portlaşni keltirib çiqarganini xabar qildi. Hozirda uning sabablarini aniqlaş uçun suriştiruv işlari olib borilmoqda. Biroq suniy yöldoşning harbiy maqomi sababli hodisa tafsilotlari katta ehtimol bilan sir saqlanadi. Raketa parvozlari böyiça tahlilçi Georgiy Trişkin bu halokatni “öta ajabtovur” deb atagan.

“Bu kabi halokatlar ötgan asrning örtalarida kosmik poyganing ilk davrida uçrab turar edi, ammo hozir bu hayrat uyğotadi. Ayniqsa, bu uning 18-uçirilişi bölgan raketa uçun kutilmagan holdir”, deydi u.

Ekspertning aytişiça, hodisaga işlab çiqarişdagi nuqson ham, parvozni rejalaştirişdagi xatoliklar ham sabab bölgan bölişi mumkin. Markaziy bosqiçdagi YF-100 dvigatellarida ham muammolar yuzaga kelgan bölişi mumkin. Şu bilan birga, uşbu dvigatel Xitoy raketalarida eng keng qöllaniladiganlardan biri hisoblanadi va undagi nosozlik mamlakatdagi boşqa parvozlar muddatiga tasir qilişi mumkin.

“Xitoyda har yili bir neçta raketa halokati yuz beradi, bu birinçi navbatda parvozlar sonini oşiriş va yangi tizimlarni foydalanişga topşirişning yuqori suratlari bilan boğliq. Joriy yilda bu allaqaçon törtinçi halokat – bu barça mamlakatlar orasidagi antirekorddir”, deya xulosa qiladi tahlilçi.

Xitoy uçun bu haqiqatan ham joriy yildagi törtinçi muvaffaqiyatsiz parvoz. 17 yanvar kuni birdaniga ikkita uçiriş muvaffaqiyatsizlikka uçragan edi. Aprel oyi boşida egasi Falcon 9 köp martalik raketasiga Xitoyning javobi bölişi kerak bölgan Tianlong-3 raketasining uçirilişi ham halokat bilan yakunlandi.

“Long Març 7A” loyihasi uçun uşbu nosozlik 2020 yil martidagi ilk parvozidan beri ikkinçisi böldi: öşanda ham missiya barbod bölgan edi. Umuman olganda, bu uşbu raketaning 18-uçirilişi edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: