Şavkat Mirziyoyev Urgançdagi texnikum va Kasblar şaharçasini borib kördi
Bugun, 17 avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Urganç şahridagi Xorazm ilğor kasbiy mahorat texnikumi hamda uning hududida taşkil etilgan Kasblar şaharçasi faoliyati bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, mamlakatda mehnat bozori talablariga mos, zamonaviy bilim va amaliy könikmalarga ega örta böğin mutaxassislarini tayyorlaşga alohida etibor qaratilmoqda. Bu borada kasbiy talimni iş beruvçilar ehtiyoji bilan uyğunlaştiriş, ilğor xorijiy tajribani joriy etiş va dual talimni kengaytiriş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda.

Urganç şahrida taşkil etilgan Xorazm ilğor kasbiy mahorat texnikumi ana şu maqsadlarga xizmat qiladi. Muassasani barpo etiş uçun davlat byudjetidan 72,4 milliard söm ajratilgan. 5,2 gektar maydonda 1 ming 100 öringa möljallangan ikkita öquv binosi, 300 örinli yotoqxona, sport zali, 200 örinli oşxona hamda zamonaviy jihozlangan ikkita öquv ustaxonasi qurilgan.

Texnikumda Germaniya, Şveytsariya, Buyuk Britaniya, Xitoy va Janubiy Koreyaning ilğor talim dasturlari asosida öqitiş yölga qöyilgan. Dual talim tizimi nazariy bilimlarni bevosita işlab çiqariş amaliyoti bilan boğlaş imkonini beradi.

2026-027 öquv yili uçun 11 ta kasb yönalişi böyiça 200 nafar iqtidorli yoş imtihon asosida saralab olingan. Talim jarayoni iş beruvçilar bilan hamkorlikda taşkil etilib, bitiruvçilarning egallagan kasbi böyiça iş bilan taminlanişiga alohida etibor qaratilmoqda.
Bildirilişiça, texnikum Xorazm viloyatidagi boşqa kasbiy talim muassasalari uçun ham zamonaviy amaliy baza vazifasini ötaydi. Hududdagi talim muassasalarining qariyb 4 ming 300 nafar öquvçisi bu yerdagi ustaxona va laboratoriyalarda amaliyot ötaydi. Bunday ilğor kasbiy mahorat texnikumlarini Qoraqalpoğiston Respublikasi va boşqa hududlarda ham bosqiçma-bosqiç taşkil etiş rejalaştirilgan.

Davlat rahbari muassasa hududidagi Kasblar şaharçasini ham közdan keçirgan. U yerda yoşlarning qiziqişi va qobiliyatini erta aniqlaş, ularni muayyan kasblarga yönaltiriş uçun şaroit yaratilgan.
Kasblar şaharçasida “Özing yasab kör” tamoyili asosida öquvçilar turli zamonaviy uskunalar bilan bevosita işlab, amaliy könikmalar hosil qiladi. Transport va logistika, sanoat va quriliş, servis, qişloq xöjaligi hamda “yaşil” energetika kabi mehnat bozorida talab yuqori bölgan yönalişlar qamrab olingan.

Majmua yirik iş beruvçi korxonalar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Bu yoşlarni kasbga yönaltirişdan tortib, ularga amaliy könikma beriş va kelgusida bandligini taminlaşgaça bölgan yagona tizimni şakllantirişga xizmat qiladi.
Prezident yoşlarni zamonaviy mehnat bozori talab qilayotgan kasblarga sifatli öqitiş, talim dasturlarini iş beruvçilar ehtiyojiga moslaştirib boriş va bunday tajribani boşqa hududlarda ham kengaytiriş muhimligini takidlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga taşrif buyurib, birinçi navbatda Urganç xalqaro aeroportidagi bunyodkorlik işlari bilan tanişgandi.