Prezident Şavkat Mirziyoyev Urganç şahrida barpo etilgan Kasbiy könikmalar mintaqaviy markazini borib kördi.
2-05-2025, 18:28
944 марта

Majmua Koreya xalqaro hamkorlik agentligi – KOICAning 9 million dollarlik grant mablağlari hisobidan qurilgan. Zamonaviy kasblar uçun zarur jihozlar, simulatsion uskunalar keltirib örnatilgan. Bu yerda avtomobillarga texnik xizmat körsatiş, payvandçilik, yuk kötariş maşinistligi, elektron va maişiy texnika tamiri, mebelsozlik, sartaroşlik va kosmetologiya, mobilografiya hamda mehmonxona xizmati kabi 10 ta talab yuqori mutaxassislik örgatiladi.
Buning uçun qariyb 2 gektar hududda zamonaviy öquv binolari, amaliy maşğulot xonalari, 64 örinli yotoqxona va boşqa yordamçi inşootlar qurilgan. Muassasa yiliga 300 nafar tinglovçini 6 oylik kasbiy tayyorgarlik kurslarida öqitiş imkoniyatiga ega.
Prezident öquv-maşğulot xonalarini kirib kördi. Mehmonxona yönalişida saboq olayotgan yoşlar bilan samimiy suhbatlaşdi.
- Urganç aeroportini Inçon aeroporti bilan şeriklikda dunyo darajasiga olib çiqamiz. Katta turizm markazlari, mehmonxonalar qurayapmiz. Endi xorijiy turistlar köp kelişi uçun xizmat ham xalqaro darajada bölişi kerak. Ular tariximiz, tabiatimiz uçun keladi, servis yaxşi bölsa, xursand bölib ketadi. Bunda köp narsa xizmat körsatuvçilarning muomalasi, etikasi, saviyasiga boğliq. Şuning uçun bu imkoniyatdan foydalanib, kasbni yaxşi örganing. Kelgusida özingiz ham tadbirkor bölişga harakat qiling, - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Markazda Migratsiya agentligi hamda Koreyaning Hyundai va Germaniyaning SBH West bilan hamkorlikda elektromobillarga xizmat körsatiş ixtisosligi ham yölga qöyilgan. Bu esa içki va taşqi mehnat bozori talablariga mos kadrlar yetiştiriş imkonini beradi.
Xalqaro hamkorlik keng yölga qöyilgan. Joriy yil yanvar oyida markazning boşqaruv xodimlari Koreya Respublikasida 2 haftalik öquv kurslarini tamomlab qaytgan. Ayni paytda esa uşbu mamlakatda 20 nafardan ziyod öqituvçi va murabbiylar malaka oşirmoqda.
Davlatimiz rahbari malakali kasbiy tayyorgarlik sanoatlaştiriş, umuman, davlat rivojining asosi ekanini takidladi. Amaliyot uskunalaridan samarali foydalaniş, dars smenalarini oqilona taşkil etib, köproq yoşlarni öqitiş böyiça körsatmalar berildi.
Prezidentimiz Xorazmga taşrifini yakunlab, Toşkentga qaytibib ketdi.







