USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda bitiruvçilarning örtaça oyligi 4,9 mln söm – Baxtiyor Yöldoşev

95 марта
Ўзбекистонда битирувчиларнинг ўртача ойлиги 4,9 млн сўм – Бахтиёр Йўлдошев

2025 yil iyulidan 2026 yil iyunigaça bölgan davrda bitiruvçilarning respublika miqyosidagi örtaça rasmiy oylik daromadi 4,9 million sömni taşkil etgan. Bu haqda bugun, 26 avgust kuni Talim sifatini taminlaş milliy agentligi direktori Baxtiyor Yöldoşev Toşkent şahrida ötkazilgan matbuot anjumanida malum qildi.

Talim yönalişlari kesimida bitiruvçilarning örtaça daromadi quyidagiça:

  • Ijod (sport) yönalişlari – 6,33 million söm;
  • Amaliy fanlar – 5,5 million söm;
  • Ijtimoiy-gumanitar fanlar – 4,61 million söm;
  • Tibbiyot fanlari – 4,43 million söm.


Bitiruvçilarning örtaça daromadi eng yuqori bölgan talim taşkilotlari reytingida quyidagi oliygohlar qayd etilgan:

  • Toşkent şahridagi “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjet oliy talim muassasasi filiali – 23,4 million söm;
  • Toşkent şahridagi Inha universiteti – 12,6 million söm;
  • Toşkent xalqaro Vestminster universiteti – 12,5 million söm;
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti – 10,6 million söm;
  • Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti – 10,3 million söm;
  • Toşkent axborot texnologiyalari universiteti – 9,4 million söm;
  • Toşkentdagi Singapur Menejmentni Rivojlantiriş instituti – 9,3 million söm;
  • G.V. Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti Toşkent filiali – 9,0 million söm;
  • Toşkent davlat yuridik universiteti – 8,4 million söm;
  • Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti – 8,1 million söm.

Indeksda bitiruvçilarning rasmiy qayd etilgan daromadlari hisobga olinadi. Bunda bitiruvçining daromadi uning istiqomat qilayotgan hududidagi örtaça iş haqi bilan soliştiriladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda oliygoh bitiruvçisini işga olgan tadbirkorga yoş mutaxassis uçun daromad va ijtimoiy soliq bir yil içida 1 foiz etib belgilanişi haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: