Şavkat Mirziyoyev Singapur Katta vazirini qabul qildi
Bugun, 28 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Singapur Respublikasining Katta vaziri Li Syan Lun boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, suhbat avvalida Katta vazir Singapur Prezidenti Tarman Şanmugaratnam va Boş vaziri Lourens Vongning samimiy salomi hamda ezgu tilaklarini yetkazgan.
Özbekiston – Singapur munosabatlari izçil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Siyosiy muloqot hamda barça darajalardagi ikki tomonlama aloqalar faol qöllab-quvvatlanmoqda.
Tovar ayirboşlaş hajmi va qöşma korxonalar soni jadal suratlarda ösib bormoqda. Singapurning mamlakat iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari hajmi qariyb 2 milliard dollarni taşkil etgan.

Singapur işbilarmonlarining Özbekistondagi investitsiyaviy faoliyatini kengaytiriş rejalari qöllab-quvvatlangan. Strategik va innovatsion şeriklik böyiça örta muddatli qöşma dasturni işlab çiqib, unda savdo, investitsiyalar, texnologiyalar transferi, davlat boşqaruvi tizimini modernizatsiya qiliş, inson kapitalini rivojlantiriş, raqamlaştiriş va boşqa yönalişlarga ustuvorlik berişga kelişib olingan.
Özbekistonda maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini takomillaştiriş, Toşkent xalqaro moliya markazi va raqamli bank tizimini rivojlantirişda Singapurning ilğor tajribasini joriy etişga alohida etibor qaratilgan.
Singapur oliy talim muassasalarining Özbekistondagi faoliyati bundan buyon ham qöllab-quvvatlanişi bildirilgan.
Yuqori darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş jarayonini baholaş va qöşma rejalarni muvofiqlaştiriş uçun siyosiy va iqtisodiy tuzilmalar örtasida muntazam muloqotni yölga qöyiş zarurligi takidlangan.
Yaqinda Özbekiston BMTning Mediatsiya töğrisidagi Singapur konventsiyasiga qöşilgani olqişlangan.
Xalqaro taşkilotlar doirasida özaro qöllab-quvvatlaş hamda mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almaşilgan.