Yer va köçmas mulk ijarasida yangi qoidalar joriy etiladi
Özbekistonda ijara munosabatlarini takomillaştiriş, jumladan, ijaraga olingan yer maydonlarini ikkilamçi ijaraga beriş va tadbirkorlik faoliyati uçun “tijorat ijarasi” toifasini joriy etiş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Prezident joriy yilning 27 avgust kuni qabul qilgan “Özbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI oçiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonda söz boradi.
Hujjatga köra, mazkur yönalişda qonun loyihasi işlab çiqilişi kerak. Loyihani joriy yil oktyabriga qadar tayyorlaş vazifasi Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi, Soliq qömitasi hamda Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga yuklatilgan.
Qonun loyihasida ijaraga olingan yer maydonlarini ikkilamçi ijaraga beriş huquqini joriy etiş, şuningdek, auktsion orqali ijaraga olingan yerlarni boşqa tadbirkorlarga ikkilamçi ijaraga beriş imkoniyatini yaratiş közda tutilmoqda. Şu bilan birga, köçma savdo obektlarini joylaştirişga ruxsat beriş tartibi belgilanişi rejalaştirilgan.
Tadbirkorlik faoliyati uçun köçmas mulk ijarasi böyiça “tijorat ijarasi” toifasi joriy etiladi. Uning tavsiya etiladigan namunaviy şartnomasi ham işlab çiqiladi.
Şuningdek, bir yildan kam bölmagan muddatga tuzilgan ijara şartnomalarini davlat röyxatidan ötkaziş talabi bekor qilinişi rejalaştirilmoqda. Bunda şartnomalarni soliq organlarida hisobga qöyiş tartibi saqlab qolinadi va ijara.soliq.uz hamda kadastr axborot tizimlarini integratsiya qiliş orqali avtomatik hisobga oliş yölga qöyiladi.
Hujjatda şartnoma amal qilayotgan davrda ijara haqini özgartiriş masalasi ham tartibga solinadi. Bunda ijara haqi tomonlarning kelişuvi yoki şartnomada belgilangan indeksatsiya mexanizmi asosida özgartirilişi mumkin böladi.
Bundan taşqari, ijaraga berilgan obekt sotilgan taqdirda, yangi mulkdor amaldagi tijorat ijarasi şartnomasi böyiça ijaraga beruvçining huquq va majburiyatlarini avtomatik ravişda qabul qilişi belgilanadi.
Ijaraçi tomonidan obektga kiritilgan investitsiyalarni qoplaşning huquqiy kafolatlarini kuçaytiriş ham qonun loyihasining asosiy yönalişlaridan biri böladi.
Şuningdek, jismoniy şaxs öziga tegişli köçmas mulkni öziga tegişli yuridik şaxsga ijaraga bergan holatda ijara tölovining minimal miqdori qöllanilmasligi belgilangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda tadbirkorlar uçun ayrim imtiyozlarning amal qiliş muddatlari uzaytirilişi xabar qilingandi.