USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston Xitoy kompaniyalarini tinç atom loyihalariga jalb qilişi mumkin

59 марта
Ўзбекистон Хитой компанияларини тинч атом лойиҳаларига жалб қилиши мумкин

Özbekiston ananaviy va muqobil energetika sohalaridagi şeriklikni kengaytiriş hamda Xitoy kompaniyalarini tinç atom loyihalariga jalb etişdan manfaatdor. Bu haqda bugun, 31 avgust kuni Bişkek şahrida ötayotgan Şanxay hamkorlik taşkiloti sammiti doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin bilan bölib ötgan muzokaralarida söz boradi.

Qayd etilişiça, uçraşuv avvalida davlat rahbari Xitoy yetakçisiga Özbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yöllagan samimiy tabrigi hamda Özbekiston – Xitoy köp qirrali munosabatlarini mustahkamlaşga qöşayotgan şaxsiy hissasi uçun minnatdorlik bildirgan.

Kelgusi yilda mamlakatlar örtasida diplomatik aloqalar örnatilganiga 35 yil töladi. Uşbu qutluğ sanani keng nişonlaş böyiça tadbirlar dasturini tayyorlaş taklif etilgan.

Sönggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarilgan. Barça darajalarda aloqalar izçil mustahkamlanib, siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlik rivojlanmoqda, madaniy-gumanitar almaşinuvlar kengaymoqda.

Tomonlar taşqi siyosat idoralari örtasidagi tizimli strategik muloqotni davom ettiriş va parlamentlararo aloqalarni yanada çuqurlaştiriş muhimligini takidlagan. Özbekiston “yagona Xitoy” siyosati hamda “uç yovuz kuç”ga qarşi qatiy kuraşni doimiy qöllab-quvvatlaşi qayd etilgan.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikka alohida etibor qaratilgan. Ötgan yili ikki mamlakat örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 18 milliard dollarga yaqinlaşgan. Kelgusida uning yanada ösişiga işonç bildirilgan.

Yaqin yillarda tovar ayirboşlaş hajmini 30 milliard dollarga yetkaziş böyiça yangi marrani belgilaş taklif etilgan. Şu maqsadda sanoat va qişloq xöjaligi mahsulotlarini özaro yetkazib berişni köpaytiriş hamda Özbekiston korxonalarining Xitoyda ötkaziladigan savdo körgazmalarida faol iştirokini taminlaş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar davom ettiriladi.

Amaldagi qöşma investitsiya loyihalari portfeli qariyb 60 milliard dollarni taşkil etmoqda. Özbekistonda 6 mingdan ortiq qöşma korxona faoliyat yuritmoqda.

Energetika, kimyo sanoati, metallurgiya, quriliş materiallari va oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş, transport va infratuzilma, qişloq xöjaligi hamda yuqori texnologiyalar sohalarida sanoat kooperatsiyasining istiqbolli yönalişlari belgilandi. Raqamli iqtisodiyot, toğ-kon sanoati, mineral resurslarni özlaştiriş va qayta işlaş sohalaridagi “ösiş nuqtalari” kengaytiriladi.

Texnologik şeriklikning yorqin namunasi sifatida “BYD” kompaniyasi bilan elektromobillar işlab çiqariş böyiça hamkorlik qayd etilgan. Işlab çiqariş quvvatlari va mahalliylaştiriş darajasini oşiriş rejalari qöllab-quvvatlangan.

Xitoy kompaniyalariga Özbekiston hududlaridagi qöşma sanoat zonalarida işlab çiqariş korxonalarini taşkil qilişda yanada faol iştirok etiş taklif qilingan.

Xitoyning yetakçi moliya institutlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantiriş va ularning mamlakatdagi loyihalardagi iştirokini kengaytirişdan manfaatdorlik bildirilgan.

Energetika sohasidagi hamkorlik yuqori baholangan. Özbekiston ananaviy va muqobil energetika sohalaridagi şeriklikni kengaytiriş hamda Xitoy kompaniyalarini tinç atom loyihalariga jalb etişdan manfaatdor.

Hududlararo almaşinuvlar faol rivojlanmoqda. Özbekistonning barça viloyatlari Xitoy provintsiyalari bilan faol hamkorlik qilib, köpgina qöşma loyihalarni amalga oşirmoqda. May oyida Sian şahrida uçinçi Hududlar forumi bölib ötgan.

Transport sohasidagi özaro boğliqlikni rivojlantirişga alohida etibor qaratilgan. “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” strategik temir yölini quriş işlari samarali davom ettirilmoqda. Mazkur yönaliş Yevroosiyo transport ekotizimining muhim böğiniga aylanişi hamda “Bir makon, bir yöl” taşabbusi doirasidagi özaro boğliqlikni yanada kuçaytirişiga işonç bildirilgan.

Muzokaralar davomida turizm va gumanitar almaşinuvlarni kengaytiriş masalalariga alohida töxtalib ötilgan. Vizasiz tartib amal qilmoqda, ikki mamlakat şaharlari örtasidagi aviaqatnovlar geografiyasini kengaytiriş va parvozlar sonini köpaytiriş rejalari muhokama qilingan.

Özbekiston va Xitoy madaniyat markazlarini oçiş böyiça izçil işlar olib borilmoqda. Yil yakuniga qadar Xitoyda Özbekiston madaniyati kunlarini ötkaziş rejalaştirilgan. 2027-2029 yillarga möljallangan madaniy tadbirlar dasturini qabul qiliş taklif etilgan.

Ilm-fan, talim va kadrlar tayyorlaş sohalaridagi hamkorlik muntazamlik kasb etgan. “Lu Ban ustaxonalari” va Konfutsiy institutlari faoliyati hamda hududlarda qöşma talim loyihalarini rivojlantiriş işlari davom ettiriladi.

Xitoy tilini örganişni, oliy talim muassasalari örtasidagi talim dasturlarini yanada kengaytiriş hamda yurt yoşlarining Xitoyda tahsil olişi uçun kvotalarni oşirişdan manfaatdorlik bildirilgan.

Kosmosni özlaştiriş hamkorlikning istiqbolli yönalişlari qatorida qayd etilgan.

“Xitoy – Markaziy Osiyo” formatidagi mintaqaviy şeriklikni yanada çuqurlaştiriş va uning kelgusi yilda Xitoyda bölib ötadigan uçinçi sammitiga tayyorgarlik köriş masalalariga alohida etibor qaratilgan.

Özbekiston Prezidenti Xitoy Raisini Özbekistonga taşrif bilan kelişga taklif etgan. Uçraşuv har doimgidek işonç, oçiqlik va döstlik ruhida ötgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: