Şavkat Mirziyoyev Bişkekda Trampning maxsus vakilini qabul qildi
Bugun, 31 avgust kuni Bişkek şahriga taşrif doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞ Prezidenti Donald Trampning Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, uçraşuv avvalida Serjio Gor Özbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklagan hamda davlat rahbariga AQŞ Prezidenti Donald Trampning salomi va ezgu tilaklarini yetkazgan.

Özbekiston – AQŞ strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş va oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilingan.
Siyosiy muloqot, parlamentlararo va hududlararo aloqalarning ijobiy surati hamda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning izçil kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Ustuvor yönalişlarda, jumladan, energetika, transport, muhim minerallar, raqamli texnologiyalar, suniy intellekt, qişloq xöjaligi sohalarida qöşma loyiha va taşabbuslarni ilgari surişni davom etiş muhimligi takidlangan.
“S5+1” formati doirasida bölajak tadbirlarga hamda Özbekiston-Amerika işbilarmonlik va investitsiya kengaşining navbatdagi yiğilişiga puxta tayyorgarlik körişga alohida etibor qaratilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şanxay hamkorlik taşkiloti sammiti doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin bilan muzokara ötkazgani va BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş bilan uçraşgani haqida xabar berilgandi.