Şavkat Mirziyoyev Şahboz Şarif bilan uçraşdi
Bugun, 31 avgust kuni Bişkek şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Boş vaziri Şahboz Şarif bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, suhbat avvalida davlat rahbari Pokistonni Şanxay hamkorlik taşkilotiga raislikni qabul qilayotgani bilan samimiy tabriklagan.
Joriy yilning fevral oyida Islomobodga amalga oşirilgan tarixiy taşrif va bölib ötgan oliy darajadagi uçraşuvlar munosabatlarni yangi sifat bosqiçiga kötargani alohida qayd etilgan.
.jpg)
Muloqot davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika böyiça hamkorlik kölamini yanada kengaytiriş borasida fikr almaşilgan.
Uçraşuvda hududlararo hamkorlik va gumanitar yönalişdagi aloqalarni rivojlantiriş masalalariga ham etibor qaratilgan. Xususan, joriy yilda Xiva şahrida Hududlararo forum ötkazişga tayyorgarlik körilayotgani hamda Pokistonda Özbekiston madaniyati va kinosi kunlarini taşkil etiş rejalaştirilayotgani qayd etilgan.
Töqimaçilik, tibbiyot, farmatsevtika, qişloq xöjaligi va boşqa muhim sohalardagi loyihalarni jadallaştiriş maqsadida qöşma “yöl xaritasi”ni qabul qilişga kelişib olingan.