Xorazmda nafaqaxör va nogironligi bölganlarga ijtimoiy yordam kuçaytirilişi mumkin
Avvalroq, Prezident topşiriğiga köra, iqtisodiy kompleksning barça rahbarlari Xorazmda qolib, kambağallik bilan işlaş tizimini özgartiriş böyiça tahlil ötkazgani xabar qilingandi. Mazkur kambağal oilalardagi pensiya yoşidagi va nogironligi bölgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordam kuçaytirilişi mumkin. Bu haqda mamlakat yetakçisi kambağallikni qisqartiriş va aholi daromadini oşiriş böyiça işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş masalalari muhokamasiga bağişlangan yiğilişda söz oçdi.
Videoselektorda Xorazmda örganilgan kambağal oilalarda 48 ming nafar bola borligi aytilgan. Biroq masullarda uşbu yoşlar bilan alohida şuğullaniş va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etiş böyiça maxsus dastur mavjud emasligi qayd etilgan.
Viloyatning har bir tumanida kamida 1-2 tadan texnikum va 4-5 tadan öquv markazi faoliyat yuritayotgani körsatib ötilgan.
Yoşlar yetakçilari, hokim yordamçilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va öquv markazlarida kambağal oilalar farzandlari uçun qöşimça tögaraklar taşkil etiş vazifasi belgilangan.
Xorazmda, şuningdek, kambağal oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarişi bilan band. Bunday oilalar farzandlarining boğça qamrovi 75 foizga ham yetmasligi körsatib ötilgan.
Bildirilişiça, 646 nafar kollej öquvçisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib çiqib, dual talim asosida kasbiy könikmalarini oşiriş imkoniyati bor.
Şuningdek, kambağal oilalardagi nafaqa yoşidagi va nogironligi bölgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuçaytiriş orqali parvariş bilan band oila azolariga daromadli mehnat bilan şuğullaniş uçun imkoniyat yaratiş mumkinligi takidlangan.