USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev AQŞ Kongressi senatorini qabul qildi

60 марта
Шавкат Мирзиёев АҚШ Конгресси сенаторини қабул қилди

Bugun, 3 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞ Kongressi senatori, Senatdagi Markaziy Osiyo böyiça kokus hamraisi Stiv Deynsni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, uçraşuv avvalida AQŞ senatori davlat rahbari va xalqini mamlakat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabriklab, tinçlik-osoyiştalik, farovonlik va ravnaq tilagan.

Özbekiston va AQŞ örtasidagi strategik şeriklikni yanada mustahkamlaş hamda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantiriş masalalari körib çiqilgan.

Sönggi yillarda ikki tomonlama hamkorlikni har qaçongidan ham yuqori darajaga kötarişga erişilgani, muloqotlar va delegatsiyalar almaşinuvi jadal surat kasb etgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirişga alohida etibor qaratilgan. Energetika, muhim minerallar, transport, qişloq xöjaligi, raqamli texnologiyalar va sanoat yönalişlarida yirik loyihalar izçil amalga oşirilmoqda.

Hududlar örtasida, xususan, senator vakili bölgan Montana ştati bilan aloqalarni yanada rivojlantiriş istiqbollariga alohida urğu berildi.

“S5+1” formatidagi hamkorlik hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev Bişkek şahriga taşrifi doirasida AQŞ Prezidenti Donald Trampning Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Serjio Gorni qabul qilgandi.  

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: