Urganç aeroportidan Xivaga yangi tezyurar poyezd qatnovi boşlandi
Urganç va Xiva şaharlari örtasida yölovçilarga zamonaviy CR200J rusumli tezyurar elektropoyezd xizmat körsatadi. Bu haqda “Özbekiston temir yöllari” xabar berdi.

Malum qilinişiça, Xitoyning CRRC Dalian Co., Ltd. kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan poyezd 6 ta vagondan iborat bölib, 415 nafar yölovçiga möljallangan. Uning maksimal harakat tezligi soatiga 160 kilometrni taşkil etadi.
Poyezdda “Econom” toifasidagi zamonaviy örindiqlar, har bir örindiqda USB quvvatlantiriş qurilmalari hamda vagon içidagi haroratni meyorda uşlab turuvçi iqlim nazorati tizimi mavjud.

Şuningdek, nogironligi bölgan yölovçilar uçun maxsus joylar ham ajratilgan.
7055-sonli “Urganç Aerovokzal – Xiva” poyezdi:
- Urganç Aerovokzal – 08:40
- Urganç – 08:59 – 09:02
- Xiva – 09:22
7058-sonli “Xiva – Urganç Aerovokzal” poyezdi:
- Xiva – 21:00;
- Urganç – 21:20 – 21:23;
- Urganç Aerovokzal – 21:42.

7055-sonli poyezd aeroportdan Xivagaça bölgan 45,9 kilometrlik masofani 47 daqiqada bosib ötadi. Urganç vokzalida 3 daqiqa töxtaydigan poyezd aeroportdan soat 08:40 da harakatlanib, 08:59 da Urgançga yetib boradi va 09:02 da yölini davom ettirib, 09:22 da Xivaga yetib boradi. Urganç–Xiva oraliğidagi 33 kilometr masofa esa 20 daqiqada bosib ötiladi. Qaytiş yönalişidagi 7058-sonli poyezd Xivadan 21:00 da yölga çiqib, Urganç orqali 21:42 da aeroportga yetib boradi, umumiy qatnov vaqti 42 daqiqani taşkil etadi.
Qayd etilişiça, kattalar uçun çipta narxi 25 ming söm, bolalar uçun esa 14 ming söm etib belgilangan. Çiptalarni elektron platforma orqali xarid qiliş mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent–Andijon va Toşkent–Termiz yönalişlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar harakatini yölga qöyiş rejalaştirilayotgani haqida xabar berilgan edi.