Urganç–Xiva yönalişida yangi zamonaviy elektropoyezd qatnovi yölga qöyildi
3-09-2026, 11:19
144 марта
Urganç–Xiva yönalişida yangi zamonaviy elektropoyezd qatnovi yölga qöyildiYölovçilarga yanada qulay, zamonaviy va sifatli xizmat körsatiş maqsadida «Urganç Aerovokzal – Xiva – Urganç Aerovokzal» yönalişida yangi zamonaviy tezyurar elektropoyezd yölovçilar xizmatiga çiqarildi.
Xitoy Xalq Respublikasining CRRC Dalian Co., Ltd. kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan CR200J rusumli elektropoyezd 6 ta vagondan iborat bölib, bir vaqtning özida 415 nafar yölovçini taşiş imkoniyatiga ega. Poyezdning maksimal harakat tezligi 160 km/soatni taşkil etadi.
Yölovçilar uçun qanday qulayliklar yaratilgan?
Yangi elektropoyezdda «Econom» toifasidagi zamonaviy va qulay örindiqlar örnatilgan. Har bir örindiqda USB quvvatlaş qurilmalari mavjud.
Şuningdek, vagonlarda havo haroratini meyorda uşlab turiş imkonini beruvçi iqlim nazorati tizimi örnatilgan. Nogironligi bölgan yölovçilar uçun ham maxsus joylar ajratilgan.
Qatnov jadvali
7055-sonli «Urganç Aerovokzal – Xiva» poyezdi:
📍 Urganç Aerovokzal — 08:40
📍 Urganç — 08:59–09:02
📍 Xiva — 09:22
7058-sonli «Xiva – Urganç Aerovokzal» poyezdi:
📍 Xiva — 21:00
📍 Urganç — 21:20–21:23
📍 Urganç Aerovokzal — 21:42
Çipta narxi qança?
Yangi elektropoyezdda yöl haqi:
🔹 Kattalar uçun — 25 000 söm
🔹 Bolalar uçun — 14 000 söm
Çiptalarni elektron tarzda eticket.railway.uz platformasi orqali xarid qiliş mumkin.
Qöşimça malumot uçun 1005 qisqa raqamiga murojaat qiliş mumkin.
Yangi elektropoyezd Urganç va Xiva örtasida harakatlanuvçi yölovçilar uçun zamonaviy, tezkor va qulay transport imkoniyatini yanada kengaytirişi kutilmoqda.