USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Prezident: aeroport va temir yölni boğlaydigan ilk loyiha Xorazmda amalga oşirildi

235 марта
Prezident: aeroport va temir yölni boğlaydigan ilk loyiha Xorazmda amalga oşirildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Urganç xalqaro aeroporti va Xiva temir yöl vokzalini boğlaydigan yangi temir yöl liniyasi bilan tanişdi.

Xorazmda transport infratuzilmasini yanada rivojlantiriş, turli transport turlarini özaro boğlaş va aholi hamda sayyohlar uçun qulay qatnov tizimini yaratişga qaratilgan navbatdagi muhim loyiha amalga oşirildi.

Qiymati 225 milliard söm bölgan loyiha doirasida Urganç xalqaro aeroporti va temir yöl vokzalini boğlovçi 11 kilometrlik yangi temir yöl liniyasi barpo etildi. Yönalişda yangi bekat, köprik, avtomobil yöllari bilan kesişmalar hamda 25 ta suv ötkaziş inşooti qurildi.

Yangi yönaliş orqali yiliga qariyb 650 ming nafar mahalliy va xorijiy sayyohni taşiş imkoniyati yaratildi. Urganç va Xiva örtasidagi qatnov vaqti esa ikki barobar qisqarib, 80 daqiqadan 40 daqiqaga tuşadi. Loyiha natijasida 30 ga yaqin yangi iş örni ham yaratildi.

Etiborlisi, aeroport va temir yölni bevosita boğlaydigan bunday loyiha Özbekistonda birinçi marta amalga oşirildi.

Urganç xalqaro aeroporti – Xiva yönalişida Xitoyda işlab çiqarilgan CR200J elektropoyezdi qatnovi ham yölga qöyilmoqda.

Olti vagondan iborat elektropoyezd bir vaqtning özida qariyb 400 nafar yölovçini taşiş imkoniyatiga ega. U soatiga 160 kilometrgaça tezlikda harakatlanadi. Vagonlarda VIP, biznes va ekonom-klass örinlari, bepul Wi-Fi, elektron qurilmalarni quvvatlaş imkoniyati, zamonaviy konditsioner va isitiş tizimlari mavjud.

Nogironligi bölgan şaxslar uçun ham zarur şaroitlar yaratilgan.

Davlatimiz rahbari yangi elektropoyezdda Xiva şahriga keldi.

Xivada Prezident Urganç xalqaro aeroporti va Xiva temir yöl vokzalini boğlaydigan yönalişda qatnaydigan yangi trolleybuslarni ham közdan keçirdi.

Joriy yil iyul oyida Xitoydan olib kelingan 10 ta trolleybus zamonaviy avtonom harakatlaniş tizimi bilan jihozlangan. Ular elektr tarmoğiga ulanmagan holda ham 100 kilometrgaça masofani bosib ötişi mumkin.

Har bir trolleybus 87 nafar yölovçiga möljallangan. Ularda nogironligi bölgan şaxslar, keksalar va bolali yölovçilar uçun qulayliklar yaratilgan. Şuningdek, USB va Type-C portlari, içki va taşqi kuzatuv kameralari örnatilgan.

Transport vositalarida haydovçi holatini kuzatiş, harakat yölagidan çiqib ketişdan ogohlantiriş va avtomatik yonğin öçiriş kabi zamonaviy xavfsizlik tizimlari ham mavjud.

Mazkur zamonaviy transport vositalarini Xorazmga olib keliş taşabbusi Prezidentning ötgan yilgi viloyatga taşrifi davomida ilgari surilgan edi.
Davlatimiz rahbari transport turlarini özaro uyğunlaştiriş aholi va sayyohlar uçun qulaylik yaratişi, yölga ketadigan vaqtni qisqartirişi hamda Xorazmning turistik jozibadorligini yanada oşirişini takidladi.

Mutasaddilarga yölovçilar uçun xavfsiz, sifatli va zamonaviy xizmat körsatişni taminlaş böyiça tegişli körsatmalar berildi.





Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: