USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Urganç vokzalidan aeroportgaça yangi temir yöl: quriliş işlari deyarli yakunlandi

341 марта
Urganç vokzalidan aeroportgaça yangi temir yöl: quriliş işlari deyarli yakunlandi

Xorazm viloyatida amalga oşirilayotgan muhim infratuzilma loyihalaridan biri — «Urganç vokzalidan Urganç aeroportigaça elektrlaştirilgan yangi temir yöl liniyasi» qurilişi yakuniy bosqiçga yetdi.

2026 yil davomida amalga oşirilayotgan mazkur loyiha «Özbekiston temir yöllari» AJ buyurtmasi asosida barpo etilmoqda. Yangi temir yölning umumiy uzunligi 10,85 kilometr bölib, loyihaning umumiy qiymati 224,9 milliard sömni taşkil etadi.

Loyiha doirasida aeroport hududida zamonaviy temir yöl bekati, yirik temir-beton köprik, temir yöllarni elektrlaştiriş, optik tolali aloqa liniyasi hamda markazlaştirilgan boşqaruv tizimi qurilmoqda. Şuningdek, avtomobil yöllari bilan kesişuvçi yangi ötiş joylari va suv ötkaziş inşootlari ham barpo etildi.

Quriliş işlarining asosiy qismi allaqaçon yakunlangan. Jumladan:
  • 270 ming kub metrga yaqin tuproq işlari töliq bajarildi;
  • 9 kilometrdan ortiq temir yöl izlari yotqizildi;
  • temir-beton köprik qurilişi töliq tugallandi;
  • aeroport hududidagi yangi vokzalning quriliş-montaj işlari yakunlandi;
  • kontakt tarmoqlari, 3D muhofaza tösiqlari va suniy suv ötkaziş inşootlari töliq qurildi;
  • gaz quvurlari, yuqori kuçlanişli elektr liniyalari hamda quriliş hududiga töğri kelgan barça noturar obektlar köçirildi.
Hozirgi kunda ayrim temir yöl kesişmalari va muhandislik kommunikatsiyalariga oid sönggi işlar olib borilmoqda.

Loyiha işga tuşgaç, Urganç temir yöl vokzalidan xalqaro aeroportgaça yölovçilarni tez va qulay yetkazib beriş imkoniyati yaratiladi. Bu esa viloyatning transport logistikasini yanada rivojlantiriş, turistlar uçun qulayliklarni oşiriş hamda zamonaviy transport infratuzilmasini şakllantirişga xizmat qiladi.

Malumotlarga köra, uşbu yönalişda harakatlanişi uçun Xitoyning CRRC Dalian kompaniyasida işlab çiqarilgan ikkita zamonaviy elektropoyezd xarid qilinişi rejalaştirilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: