Şavkat Mirziyoyev Zamonaviy sanat markazini borib kördi
Bugun, 4 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahridagi yangi Zamonaviy sanat markaziga taşrif buyurib, u yerda yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Zamonaviy sanat markazi – Özbekiston Madaniyat va sanatni rivojlantiriş jamğarmasining yetakçi loyihalaridan biri. Uning barpo etilişi davlat rahbarining taşabbusi, mamlakatda madaniyatni rivojlantiriş, ijodiy muhitni qöllab-quvvatlaş va xalqaro madaniy hamkorlikni kengaytiriş borasida amalga oşirilayotgan izçil işlar samarasi.

Davlat rahbari xalqning boy madaniy merosi va şonli tarixi butun dunyoda haqli ravişda katta qiziqiş uyğotişini qayd etgan. Sönggi yillarda Özbekistonda uşbu bebaho boylikni tiklaş, asrab-avaylaş va keng tarğib qiliş böyiça tizimli işlar yölga qöyilgan.

Şu bilan birga, Prezident zamonaviy sanatni ham izçil rivojlantiriş muhimligini takidlagan. Zamonaviy sanat bugungi avlodning dunyoqaraşi, ijodiy izlanişlari va bunyodkorlik salohiyatini namoyon etib, jahon hamjamiyati bilan madaniy muloqotni kengaytiriş, Yangi Özbekistonning madaniy qiyofasini yanada mustahkamlaş uçun muhim imkoniyatlar yaratadi.

Şu nuqtai nazardan, yangi Zamonaviy sanat markazi ijodkorlar, kuratorlar, tadqiqotçilar va yoşlar uçun oçiq maydonga, mamlakat va xorijdagi zamonaviy sanat ustalarini öziga jalb etadigan maskanga aylanişi lozim. U yerda Özbekistonning bugungi madaniy salohiyatini xalqaro maydonda namoyon etadigan yangi ğoyalar, professional aloqalar va loyihalar şakllanişi muhim.

Uşbu markaz Özbekistonda zamonaviy sanatga ixtisoslaşgan birinçi davlat muassasasi. Şu bilan birga, u Markaziy Osiyoda körgazma, talim, tadqiqot va marifiy faoliyatni birlaştirgan bunday kölamdagi ilk madaniy majmua hisoblanadi.

Yangi markaz 1912 yilda memor Vilgelm Geyntselman loyihasi asosida barpo etilgan tarixiy binoda joylaşgan. Dastlab bu yerda tramvay deposi bölgan, keyinçalik binodan dizel elektr stantsiyasi sifatida foydalanilgan.

Binoni restavratsiya qiliş böyiça memoriy kontseptsiya Frantsiyaning “Studio KO” byurosi tomonidan işlab çiqilgan. Yangilaş jarayonida obektning tarixiy qiyofasi va sanoat memorçiligiga xos xususiyatlari saqlab qolingan. Ayni paytda bino zamonaviy madaniy maskan talablariga moslaştirilgan.

Prezident körgazma va talim maydonlari, jamoat hududlarini közdan keçirgan. Majmuada uçraşuvlar va ommaviy dasturlar uçun maydonlar, kontsept-dökon hamda restoran taşkil etilgan. Keng jamoatçilik uçun oçiq ixtisoslaştirilgan kutubxona va tadqiqot arxivida sanat, vizual madaniyat va tanqidiy nazariyaga oid adabiyotlar hamda materiallar jamlangan.

Markazda körgazmalar, lektsiyalar, oçiq suhbat va muhokamalar, film namoyişlari, kontsertlar, performanslar, ijodiy ustaxonalar va art-rezidentsiya dasturlari taşkil etiladi. Uşbu dasturlar mahalliy ijodkorlar, kuratorlar, tadqiqotçilar va yoş mutaxassislarni qöllab-quvvatlaş, yangi kasbiy amaliyotlarni joriy etiş hamda keng jamoatçilikning zamonaviy sanatdan bahramand bölişi uçun imkoniyatlarni kengaytirişga qaratilgan.

Markazning doimiy faoliyat yuritadigan ijodiy va kasbiy muhitga aylanişi alohida ahamiyatga ega. U yerda yoş ijodkorlar öz loyihalarini taqdim etadi, tadqiqotçilar manbalar va arxiv materiallari bilan işlaydi, keng jamoatçilik esa talim dasturlari, madaniy-marifiy tadbirlar va ijodiy hamjamiyat bilan bevosita muloqot orqali zamonaviy sanat bilan yaqindan tanişadi.

Bildirilişiça, bunday infratuzilma mamlakatda yoşlarning intellektual va ijodiy salohiyatini röyobga çiqariş, kreativ iqtisodiyotni rivojlantiriş, gumanitar talim sifatini oşiriş hamda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlaşga qaratilgan madaniyat sohasidagi davlat siyosati vazifalariga töla mos keladi.

Majmua öz faoliyatini Hikmah (“Hikmat”) nomli ilk xalqaro körgazma bilan boşlaydi. Körgazma bilim, manaviy meros va madaniy xotira mavzulariga, şuningdek, tarixiy ananalar bilan zamonaviy sanat örtasidagi boğliqlikka bağişlangan.

Körgazma ekspozitsiyasidan taniqli rassomlarning 11 ta asari, jumladan, loyiha uçun maxsus yaratilgan işlar örin oladi. Özbekistonda ilk bor Nyu-Yorkdagi Solomon R. Guggenxaym muzeyi töplamidagi installyatsiya namoyiş etilişi alohida etiborga molik.
Markaz xorijdagi yetakçi madaniy muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda. AQŞdagi Guggenxaym muzeyi va Osiyo sanati milliy muzeyi, Buyuk Britaniyaning “Tate” va “Delfina Foundation” taşkilotlari, Frantsiyaning Pompidu markazi hamda Koreya Sanat kengaşi şular jumlasidan.

Davlat rahbariga markazning kelgusidagi körgazma, talim va tadqiqot dasturlari haqida malumot berilgan. Yangi maskan professional muhitni rivojlantiriş, özbekistonlik ijodkorlarini xalqaro maydonda keng tanitiş va Özbekistonning xorijiy davlatlar bilan madaniy aloqalarini mustahkamlaşga xizmat qilişi takidlangan.

Prezident markazni ijodkor yoşlar, professional hamjamiyat va keng jamoatçilik uçun oçiq, jonli ijodiy makonga aylantiriş zarurligini takidlagan. Xalqaro aloqalarni kengaytiriş, mamlakatga zamonaviy sanatning taniqli namoyandalarini jalb etiş hamda mahalliy ijodkorlarning yangi loyihalarini qöllab-quvvatlaşga alohida etibor qaratilgan.

Loyiha madaniy diplomatiyani mustahkamlaş, poytaxtning zamonaviy qiyofasini şakllantiriş hamda Yangi Özbekistonni boy merosga ega, şu bilan birga, zamonaviy ğoyalar, ijodiy izlanişlar va xalqaro muloqotga oçiq mamlakat sifatida yanada keng namoyon etişga xizmat qiladi.
Markazning rasmiy oçilişi 6 sentyabrga rejalaştirilgan.