Yertölada akula emas, “Akulasimon som” boqilgani malum böldi
Avvalroq, Farğona viloyati hududiy Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspektsiyasi Farğona şahridagi köp qavatli uylardan birining yertölasida suniy hovuz örnatilib, unda akula boqilayotgani aniqlangani haqida xabar bergan edi. Biroq hovuzda akula emas, baliq boqilayotgani malum böldi. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.
Bildirilişiça, holat Farğona viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi tomonidan joyiga çiqib örganilgan. Örganiş natijasida Farğona şahri “Muruvvat” MFYda yaşovçi fuqaro T.M. tomonidan aslida akula emas, balki Siam somi baliği boqilayotganligi malum bölgan.
“Afsuski, internetda köp qavatli uy yertölasida akula boqilyapti, degan notöğri xabar tarqalib ketdi. Buning uçun uzr sörayman. Hozirda baliqlarni yertölada emas, uyimning hovlisiga joylaştirganman”, deydi fuqaro.
Malumot uçun, Siam somi baliği akvarium baliği hisoblanadi. Taşqi körinişi akulaga öxşaganligi uçun “Akulasimon som” yoki şunçaki Pangasius nomi bilan ham tanilgan.