USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkentda bir kunda 22 ta YTHda 4 kişi oğir jarohatlandi

54 марта
Тошкентда бир кунда 22 та ЙТҲда 4 киши оғир жароҳатланди

Keça, 4 sentyabr kuni Toşkent şahrida 22 ta yöl-transport hodisasi sodir böldi va oqibatda 4 nafar fuqaro oğir tan jarohati oldi. Bu haqda Toşkent şahrida Yöl harakatini taşkil etiş markazi xabar berdi.

Qayd etilişiça, 4 sentyabr kuni poytaxt yöllarida sutka davomida jami 1 mln 502 ming 57 ta transport vositasi harakatlangan. Bu 3 sentyabrdagi 1 mln 487 ming 250 ta körsatkiçga nisbatan 14 ming 807 taga (+1 foiz) köp.

Şuningdek, kun davomida 170 ta yönalişda 1 670 ta avtobus harakatlanib, ular orqali 1 mln 228 158 nafar yölovçi taşilgan. Toşkent metropoliteni orqali esa iş kuni davomida 862 ming 053 nafar yölovçi manziliga yetkazilgan.

Vaziyatlar markazi monitoringi davomida kunning tiğiz vaqtida:

  • 6 ta çorrahada tirbandlik darajasi 7 ballga yetgan;
  • 1 ta çorrahada esa tirbandlik darajasi 7 balldan oşgan.

Tirbandlik kuzatilgan nuqtalarda transport oqimini barqarorlaştiriş maqsadida svetoforlarning iş rejimi muvofiqlaştirilib, zarur yönalişlarda yaşil signal vaqti uzaytirilgan. Şuningdek, harakatni tartibga soliş uçun zarur çorrahalarga YPX xodimlari jalb qilingan.

Kun davomida yöl harakati qoidalari buzilişi böyiça 4 751 ta holat qayd etilgan. Şuningdek, 22 ta yöl-transport hodisasi sodir bölib, ular oqibatida 4 nafar fuqaro oğir tan jarohati olgan.

Bildirilişiça, vaziyatlar markazida poytaxt yöllaridagi transport oqimi va tirbandlik holati real vaqt rejimida kuzatilib, harakat intensivligidan kelib çiqib svetoforlarning iş rejimiga tezkor özgartirişlar kiritib borilmoqda. Mazkur çoralar yuqori transport yuklamasi kuzatiladigan uçastkalarda harakat barqarorligini taminlaş, tirbandliklarning ortib ketişiga yöl qöymaslik hamda yöl harakati iştirokçilari uçun xavfsiz va qulay şaroit yaratişga qaratilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Ohangaron tumanida Lacetti katta tezlikda Isuzu rusumli avtobus bilan töqnaşgandi. Hodisa oqibatida Lacetti rusumli avtomobil haydovçisiga hamda avtobusda bölgan 2 nafar yölovçiga birinçi tibbiy yordam körsatiş maqsadida şifoxonaga olib ketilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: