Özbekistonda benzin va oziq-ovqat narxlari oşdi
Joriy yilning avgust oyida istemol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari örtaça 0,2 foizga oşdi, yillik istemol narxlari indeksi esa 6,2 foizni taşkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, yillik INI 2025 yil avgust oyidagi 8,8 foizga nisbatan 2,6 foiz bandga pasaygan. Avgust oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari örtaça 0,4 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,2 foizga, aholiga körsatiladigan pullik xizmatlar narxi esa 0,1 foizga qimmatlaşgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari orasida sabzi narxi 9,2 foiz, piyoz 6,2 foiz, uzun boşoqli guruç 2,4 foiz, yumaloq boşoqli guruç 2,3 foiz, tarvuz esa 7,5 foizga oşgan. Bu mahsulotlar narxining kötarilişi inflyatsiyaga tasir körsatgan.
Şu bilan birga, ayrim mahsulotlar narxining pasayişi inflyatsiyani jilovlaşga xizmat qilgan. Jumladan, uzum narxi 10,9 foiz, bulğor qalampiri 9,2 foiz, olma 7,2 foiz, nok 6 foiz, baqlajon 5,5 foiz, karam 4,9 foiz, kartoşka 3,3 foizga arzonlagan
Nooziq-ovqat mahsulotlari orasida esa AI-98 va AI-100 markali benzin 6,7 foiz, AI-95 benzini 4,9 foiz, AI-92 benzini narxi 1,1 foizga oşgan.
Xizmatlar va tariflar sohasida xalqaro aviaqatnovlar narxi 1,7 foiz, şaharlararo avtomobil transportida yölovçi taşiş 0,6 foiz, ijaraga olingan turar joylar uçun haq 0,4 foizga qimmatlaşgan.
Milliy statistika qömitasi hisob-kitoblari uçun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat körsatiş nuqtalaridan 2 mlndan ortiq narxlar qayd etilgan. Kuzatuvlar 419 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda 98 turdagi xizmatlar narxlarini qamrab olgan.
Eslatib ötamiz, 2025 yilning noyabr oyida istemol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari örtaça 0,7 foizga oşgani haqida xabar edi.