“Miss World-2026”: dunyoning eng gözal ayoli aniqlandi (foto, video)
Keça, 5 sentyabr kuni Vetnamda “Dunyo gözali-2026” (Miss World-2026) boş gözallik tanlovi nihoyasiga yetdi. Unda Dominikan Respublikasidan Joherri Mola ğolib böldi. Bu haqda tanlov saytida xabar berildi.
Xabar qilinişiça, tadbir finali Nyaçang markazida uşbu keng miqyosli tanlov uçun yaratilgan eng yirik sahnalardan birida bölib ötgan. Yakunda Dominikan Respublikasidan 24 yoşli öqituvçi, jurnalist va jamoat arbobi Joherri Mola 73-“Dunyo gözali”ga aylangan. U tojni ötgan yilgi ğolib – tailandlik Opal Suçata Çuangsrining qölidan qabul qilib olgan.

Qayd etilişiça, Joherri Dominikan Respublikasiga “Dunyo gözali” unvonini oxirgi ğalabadan 44 yil ötib – 1982 yilda Mariasela Alvares toj olganidan söng qayta olib kelgan.
“Men baxtdan yettinçi osmondaman va hali ham yuz berayotgan voqealarni töliq anglaşga harakat qilyapman. Men juda baxtliman va hozir mamlakatim buni qanday nişonlayotganini körişni xohlardim. Ular bunga loyiq! Meni oldinda nimalar kutayotganini intiqlik bilan kutyapman – men tayyorman”, deydi yangi “Dunyo gözali”.
Tanlovning birinçi vitse-gözali ispaniyalik Elizabet Reynes, ikkinçi vitse-gözali esa malayziyalik Taanusiya Çetti bölgan. Tanlovda dunyoning turli mamlakatlaridan jami 111 nafar qiz iştirok etgan.




Eslatib ötamiz, avvalroq Kolumbiya dunyodagi eng gözal ayollar yaşaydigan mamlakat deb tan olingan edi.