USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Pölat Bobojonov yangi lavozimga tayinlandi

1 245 марта
Пўлат Бобожонов янги лавозимга тайинланди

Pölat Bobojonov Özbekiston mahallalari uyuşmasi raisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ning hukumatdagi manbasi xabar berdi. 

Avvalroq, Prezident Şavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Pölat Razzoqoviç Bobojonov boşqa işga ötişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimidan ozod etilgandi. Malum bölişiça, Pölat Bobojonov Özbekiston mahallalari uyuşmasi raisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan.

Malumot uçun, Pölat Bobojonov 1961 yil 1 yanvarda Xorazm viloyatida tuğilgan. 1982 yil Toşkent davlat universitetini (hozirgi ÖzMU) tamomlagan, şundan keyin Xorazm viloyatida prokuratura organlarida işlay boşlagan. U 1992-1999 yillarda Boğot tumani hokimining birinçi örinbosari va Xorazm viloyati hokimi örinbosari lavozimlarida işlagan. 1999 yilda Prezident devoniga işga ötkazilgan. 2000-2011 yillar davomida prokuratura organlarining rahbarlik lavozimlarida – Özbekiston Respublikasi Boş prokurori örinbosari, Boş prokuratura huzuridagi Departament boşliği, Jizzax va Buxoro viloyatlari prokurori bölib işlagan. 2011 yilda Xorazm viloyati hokimining birinçi örinbosari bölgan, 2012 yilda Xorazm viloyati hokimi lavozimida iş boşlagan.

Özbekiston Prezidentining 2017 yil 4 sentyabrdagi farmoni bilan içki işlar vaziri lavozimiga tayinlangan. Unga 2019 yil 12 sentyabrda general-leytenant maxsus unvoni berilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ğofurjon Ğaniyeviç Mirzayev Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari – Özbekiston mahallalari uyuşmasi raisi lavozimiga tayinlangandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: