Özbekistonda OTM bitiruvçilarining 83 foizi işli. Işonasizmi?
Özbekistondagi oliy talim muassasalari bitiruvçilarining aksariyati öqişni tamomlagaç iş bilan taminlangan. Bu haqda Talim sifatini taminlaş milliy agentligining “Bitiruvçilar sifati indeksi” (BSI) platformasida malumot berilgan.
Qayd etilişiça, tahlil 170 ta oliy talim taşkilotini tamomlagan 249 432 nafar bitiruvçining mehnat bozoridagi natijalarini qamrab olgan. Ularning 206 951 nafari yani 83 foizi iş bilan band.
Platformadagi malumotlarga köra, bitiruvçilarning 41 006 nafari (16,4 foiz) işsiz. Şuningdek, 19 314 nafari (7,7 foiz) talimni davom ettirmoqda, 48 125 nafari (19,3 foiz) esa bola parvarişlaş tatilida.
Tahlilda 1 316 nafar (0,5 foiz) bitiruvçi xorijiy fuqaro ekani, 159 nafari (0,1 foiz) vafot etgani ham körsatilgan. Talimni davom ettirayotganlar, harbiy xizmatni ötayotganlar, bola parvarişlaş tatilidagilar, vafot etganlar hamda xorijiy fuqarolar sof bandlik körsatkiçini hisoblaşda inobatga olinmagan.
Bitiruvçilarning örtaça iş haqi 4,9 million sömni taşkil etgan. Ularning birinçi işga joylaşişiga örtaça 2 oy 27 kun ketgan. Sönggi olti oyda barqaror band bölgan bitiruvçilar uluşi esa 42,9 foizni taşkil etgan.
Hududlar kesimida bitiruvçilar sifati indeksining eng yuqori körsatkiçi Navoiy viloyatida – 62,5 ball qayd etilgan. Keyingi örinlarda Surxondaryo viloyati – 62,1 ball va Toşkent şahri – 59,9 ball turibdi.
Umuman, BSI böyiça Özbekiston oliy talim bitiruvçilarining umumiy sifati indeksi 100 balldan 53,4 ballni taşkil etgan.
Eslatib ötamiz, 2025 yilda Özbekistondagi oliygohlar bitiruvçilarining örtaça oylik iş haqi 5,1 million sömni qayd etgani haqida xabar berilgan edi.