Toşkentdan Parkentga elektropoyezd qatnovi yölga qöyildi
Bugun, 7 sentyabrdan boşlab “Parkent – Toşkent – Parkent” yönalişida zamonaviy şaharlararo elektropoyezd qatnovi yölga qöyildi. Bu haqda “Özbekiston temir yöllari” AJ xabar berdi.
Qayd etilişiça, loyiha Özbekiston Prezidentining 2025 yil 27 yanvardagi “Özbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-28-son qarori asosida amalga oşirilgan.
Mazkur loyiha doirasida Toşkent viloyatidagi “Baytqörğon – Parkent” temir yöl liniyasi qurilgan. Quriliş işlari 2025 yil yanvar oyida boşlangan.
Uzunligi 24 kilometr bölgan elektrlaştirilgan temir yöl liniyasi bilan birga 3 ta temir-beton köprik, 1 ta avtomobil yöl ötkazgiçi, 76 ta suv ötkaziş inşooti hamda 16 ta avtomobil va temir yöl kesişmasi barpo etilgan. Şuningdek, 50 örinli “Parkent” temir yöl bekati qurilgan.
Yangi elektropoyezdda 586 ta örindiq mavjud bölib, u jami 1 154 nafargaça yölovçini taşişi mumkin. Yölkira narxi kattalar uçun 10 ming sömgaça, 10 yoşgaça bölgan bolalar uçun esa 6,5 ming söm etib belgilangan. Parkentdan Toşkentgaça bölgan yölni poyezd 50 daqiqada bosib ötadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Urganç va Xiva şaharlari örtasida yölovçilarga zamonaviy CR200J rusumli tezyurar elektropoyezd xizmat körsatişi haqida xabar berilgan edi.