Turkiyadagi özbekistonlik kelin heç qayerga qoçib ketmagan – Boş konsullik
Avvalroq, Turkiyaning Muğla viloyati Milas tumanida Özbekiston fuqarosi, 28 yoşli M.B. uç keça-yu, uç kunduz davom etgan töyidan söng uyda qolgan tilla va ziynat buyumlari bilan birga ğoyib bölgani haqida xabar berilgan edi. Uşbu holat yuzasidan Özbekiston Respublikasining Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi rasmiy munosabat bildirdi.
Unga köra, M.B. heç qayerga qoçib ketmagan va hozirda Milas hududida. U öz ixtiyori bilan mahalliy politsiya bölimiga borib, holat yuzasidan körsatma bergan.
Malum qilinişiça, M.B. öziga nisbatan bildirilgan davolarni rad etib, töyda taqilgan tilla buyumlarni onasi bilan birgalikda qaynotasiga topşirganini aytgan. Uning sözlariga köra, qaynotasi keyinçalik uşbu tillalarni kredit va boşqa qarzlarini tölaş uçun sotganini özaro yozişmalarda qayd etgan.
M.B. tegişli yozişmalar hamda tilla buyumlarni topşiriş jarayoni aks etgan videomateriallarni Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlariga taqdim etganini malum qilgan. Ayni paytda tomonlarning özaro davolari yuzasidan Turkiyaning vakolatli organlari tomonidan suriştiruv davom ettirilmoqda.
“Şu munosabat bilan, tergov yakuniga qadar holat yuzasidan bir tomonlama xulosa çiqariş hamda tasdiqlanmagan malumotlarni tarqatişdan tiyiliş söraladi. Özbekiston Respublikasining Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi vaziyatni kuzatib bormoqda hamda zarurat tuğilganda fuqaroga belgilangan tartibda konsullik-huquqiy kömak körsatadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul şahrida özbekistonlik 36 yoşli ayol 56 yoşli sevgilisi Rajab Önderdan 900 000 turk lirasi (taxminan 20 000 dollar) olib, uni aldab ketgani haqida xabar berilgan edi. Keyinçalik ayol bu iddaoni rad qilib, undan bu miqdordagi pulni olmaganini bildirgan. Keyinroq u hibsga olindi va Özbekiston tomoni, xususan, “Özbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qiliş jamiyati” hamda Özbekistonning Istanbuldagi Boş konsulxonasi yordamida ozodlikka çiqdi.