20 yoşli yigit ayolning böynidagi tilla zanjirni yulib, öğirlab ketdi
10-04-2026, 17:51
291 марта

20 yoşli yigit ayolning böynidagi tilla zanjirni yulib, öğirlab ketdi
Toşkent şahar Çilonzor tumani Yakkaboğ mahallasi hududida 20 yoşli yigit ovqatlaniş şoxobçasida işlovçi ayolning böynidagi zanjirini yulib, qoçib ketgan. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.Aniqlanişiça, ayol erta tongda öz vazifasini bajarayotgan bölgan. Tösatdan uning yoniga nomalum şaxs yaqinlaşgan. Ammo ayol uni navbatdagi mijoz deb öylagan. Kutilmaganda u ayolning böynidagi qiymati 10 mln 200 ming söm bölgan tilla taqinçoqni yulib olib, nomalum tomonga qoçib ketgan. Jabrlanuvçi zudlik bilan içki işlar organlariga murojaat qilgan.
“Beş daqiqaga qolmay xodimlar yetib keldi. Hammasi işga tuşib ketdi. Oradan heç qança vaqt ötmay “bola topildi”, deb xabar keldi”, deydi ayol.Tezkor qidiruv tadbirlari davomida uşbu jinoyatni sodir etgan 2006 yilda tuğilgan yigit Toşkent viloyati Yangiyöl tumanida qölga olingan. Holat yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, Çilonzor tumani tergov bölimiga taqdim etilgan.
Malum bölişiça, jinoyatni sodir etgan yigit muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) bilan sudlangan. Biroq tayinlangan jazodan öziga töğri xulosa çiqarmasdan yana jinoyat yöliga kirgan.
“Qoçib bölmas ekan. Baribir bir kunda topişdi. Heç kimga bunday iş qilişni tavsiya qilmayman. Halol mehnat bilan yaşaş kerak ekan. Birovni mulkiga köz olaytiriş, yaxşilik bilan tugamaydi. Qilgan işimdan puşaymonman. Duşmanimga ham ravo körmayman bunday holatni. Xalqimizdan, öşa opadan, hammadan keçirim sörayman”, deydi gumonlanuvçi.Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.