Öldirilib, kanalga taşlangan ayolning jasadi 3 oydan buyon topilmayapti
5-04-2026, 11:45
602 марта
Öldirilib, kanalga taşlangan ayolning jasadi 3 oydan buyon topilmayaptiSamarqand viloyatida ötgan yilning 24 dekabr kuni bedarak yöqolgan 38 yoşli ayolning jasadi 3 oydan buyon topilmayapti. Bu haqda “Millar” xabar berdi.
Malum qilinişiça, ayol 30 yoşli yoş yigit tomonidan öldirilgan bölişi mumkin.
Marhumaning yaqinlari aytişiça, ayol öşa kuni uyidan çiqib ketgan va şundan söng qaytib kelmagan. U işdan kelib çoy içgan, keyin esa taniş yigit tomonidan qarz masalasini hal qiliş bahonasida olib çiqib ketilgan. Oradan köp ötmay uning telefoni öçgan va şundan buyon aloqaga çiqmagan.
Taxminlarga köra, yigit va ayol örtasida kelib çiqqan janjal oqibatida ayolga bir neça bor piçoq urilgan, keyin esa böğib öldirilgan.
Şundan söng gumonlanuvçi jasadni Spark avtomaşinasida olib kelib, Darğom kanali hududiga taşlagan bölişi mumkin.
Marhumaning yaqinlari uning jasadi Ravotxöja hududi yaqiniga taşlangan bölişi mumkinligini bildirgan.
Biroq oradan 3 oydan köproq vaqt ötganiga qaramasdan, jasad hanuz topilmagan. Mahalliy aholi odatda bunday holatlarda jasad 60–70 kun içida suv yuzasiga çiqişini aytgan, ammo bu safar heç qanday iz topilmagan.
Malum qilinişiça, dastlab qidiruv işlari 27-yanvargaça davom etgan, keyin esa töxtatilgan. 2026-yil 25-mart kuni suv vaqtinça töxtatilib, yana qidiruv ötkazilgan, biroq u ham natija bermagan.