Özbekistonda aholi jon boşiga daromad 20 yilda 7 baravar oşdi
2025 yilda Özbekistonda aholi jon boşiga yalpi milliy daromad 3,7 ming dollarni taşkil etdi. Bu haqda Jahon banki malumotlariga tayanib, “Ranking.kz” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Jahon banki mamlakatlarni aholi jon boşiga yalpi milliy daromad darajasi böyiça tört toifaga ajratadi. 2025 yil yakunlariga köra, 1,2 ming dollargaça bölgan körsatkiç past, 1,2 ming dollardan 4,6 ming dollargaça bölgan körsatkiç örtaçadan past, 4,6 ming dollardan 14,4 ming dollargaça bölgan körsatkiç örtaçadan yuqori daromadli mamlakatlar toifasiga kiritilgan. 14,4 ming dollardan yuqori körsatkiç esa yuqori daromadli davlatlarga tegişli.
Jahon bankining Atlas usulida hisoblangan mazkur körsatkiçi aholining örtaça iş haqi yoki qöliga oladigan şaxsiy daromadini anglatmaydi. U mamlakatning yalpi milliy daromadi va aholi soni asosida hisoblanadi hamda valyuta kurslaridagi keskin özgarişlar tasirini yumşatiş uçun maxsus usul qöllanadi.
Malum bölişiça, Özbekiston 2025 yilda aholi jon boşiga 3,7 ming dollarlik YaIM bilan örtaçadan past daromadli mamlakatlar qatorida qolgan. Şu toifaga Qirğiziston va Tojikiston ham kirgan.
Markaziy Osiyoda eng yuqori körsatkiç Qozoğistonda qayd etilgan – 13,7 ming dollar. Turkmanistonda bu körsatkiç 6,3 ming dollarni taşkil etgan. Qozoğiston va Turkmaniston esa aholi jon boşiga daromadi örtaçadan yuqori bölgan davlatlar qatorida.
Şu bilan birga, sönggi 20 yilda Özbekistonning mazkur körsatkiçi sezilarli oşgan. 2005 yilda aholi jon boşiga YaMD 520 dollar bölgan bölsa, 2025 yilga kelib 3,7 ming dollarga yetgan. Yani, 20 yil davomida körsatkiç qariyb 7 baravarga oşgan.
2025 yilning özida Özbekistonda aholi jon boşiga YaIM 15,8 foizga ösgan. Bu körsatkiç Qozoğistonda 13,6 foizni taşkil etgan.
Biroq absolyut körsatkiç böyiça Qozoğiston bilan Özbekiston örtasidagi farq saqlanib qolmoqda. 2025 yilda Qozoğistonda aholi jon boşiga YaIM 13,7 ming dollar, Özbekistonda esa 3,7 ming dollar bölgan. Ikki davlat örtasidagi farq 10,1 ming dollarga yetgan.
Markaziy Osiyoning beşta davlati orasida Özbekiston aholi jon boşiga YaIM böyiça Qozoğiston va Turkmanistondan keyin uçinçi örinni egallagan. Qirğizistonda bu körsatkiç 2,8 ming, Tojikistonda 2,1 ming dollarni taşkil etgan.
Şuningdek, Jahon banki malumotlariga köra, Özbekistonning 2025 yildagi yalpi içki mahsuloti 147 milliard dollarga yetgan. Qozoğistonning YaIMi 306,2 milliard, Turkmanistonniki 49,8 milliard, Qirğizistonniki 22,6 milliard va Tojikistonniki 17,7 milliard dollar bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakat mustaqilligining 35 yilligiga bağişlangan tantanali tadbirda 2030 yilgaça Özbekistonning yalpi içki mahsulot hajmi 300 mlrd dollarga yetkazilişi haqida gapirgan edi.