“Dom”larning 1-qavatida tadbirkorlik qiliş osonlaşadi
Özbekistonda köp kvartirali uylarning birinçi qavatidagi xonadonlarni noturar joy toifasiga ötkazmasdan, savdo va servis faoliyatiga moslaştirişga ruxsat berilişi mumkin. Bu haqda bugun, 9 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev ötkazgan hududlarda aholi bandligi va daromadini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan kengaytirilgan yiğilişda malum qilindi.
Qayd etilişiça, yiğilişda xususiy sektor imkoniyatlaridan samarali foydalanişga ham etibor qaratilgan. Oqoltin tumanida tadbirkor tomonidan 880 örinli xususiy maktab taşkil etilib, ehtiyojmand oilalarning 110 nafar farzandi bepul öqitilayotgani ijobiy misol sifatida keltirilgan.
Uşbu taşabbusning muhim şarti şundaki, bepul talim olayotgan bolaning ota-onasi işga joylaşişi, farzandining muntazam darsga qatnaşini taminlaşi kerak. Natijada ota-ona işli böladi, farzand esa sifatli talim oladi.
Hazorasp tumanidagi tikuvçilik korxonasida 400 ta böş iş örni borligi, biroq bola parvarişi bilan boğliq şaroit yetarli emasligi sababli köplab ayollar işga çiqa olmayotgani qayd etilgan. Korxona rahbari boğça taşkil etiş uçun yer ajratilsa, ayollar uçun ovqatlaniş va transport şaroiti yaratişga tayyorligini bildirgan.
Şu munosabat bilan tadbirkorlar boğça, maktab va texnikum taşkil etiş böyiça tayyor loyihalar taklifi bilan çiqib, ehtiyojmand oila farzandlarini bepul öqitmoqçi bölsa, davlat yer uçastkalarini 1 million söm boşlanğiç narx bilan auktsionga çiqarişga tayyor ekani takidlangan.
Aholi bandligini oşirişda servis sohasining imkoniyatlari ham muhokama qilingan. Köp qavatli uylarning birinçi qavatida sartaroşxona, gözallik saloni, kiçik dökon, atele, poyabzal va maişiy texnika ustaxonasi kabi odamlarga qulay xizmat turlarini taşkil etiş mumkin. Biroq amalda xonadonni noturar joyga ötkaziş uçun ortiqça tartiblar va ruxsatlar talab etiladi.
Şu bois, köp kvartirali uylarning birinçi qavatidagi xonadonlarni noturar joy toifasiga ötkazmasdan, savdo va servis faoliyatiga moslaştirişga ruxsat beriş taklif etildi. Bunda xabardor qilişning özi yetarli böladi.
Mutasaddilarga bir oy muddatda bunday xonadonlarda taşkil etilişi mumkin bölgan xizmat turlari röyxati va xavfsizlik talablarini işlab çiqiş topşirilgan.