Milliy gvardiyaning vazifa va vakolatlari qayta tizimlaştiriladi
Özbekistonda Milliy gvardiya organlarining asosiy vazifalari 12 tadan 11 taga tizimlaştiriladi. Şuningdek, harbiy xizmatçilarning fuqarolar bilan muloqot qiliş tartibi aniq belgilanib, ular fuqaroga murojaat qilganda özini taniştirişi şart böladi. Bu haqda Senatning 19-yalpi majlisida muhokama qilingan “Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonunda söz boradi.
Qonun loyihasini taqdim etgan Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burxonovning aytişiça, özgartişlar Milliy gvardiyaning vazifa va vakolatlarini amaldagi funktsiyalarga moslaştiriş, takrorlanuvçi normalarni bartaraf etiş va huquqiy böşliqlarni töldirişga qaratilgan.
Uning takidlaşiça, Milliy gvardiya organlarining asosiy vazifalari 12 tadan 11 taga tizimlaştirilmoqda. Bunda huquqbuzarliklarning oldini oliş, ularni aniqlaş va çek qöyiş maqsadida aholi punktlaridagi jamoat joylarida patrullik qiliş hamda davlat, öta muhim, toifalangan va boşqa obektlar, şuningdek, jismoniy va yuridik şaxslarning mol-mulkini qöriqlaş bilan boğliq vazifalar qayta tartibga solinadi.
Şu bilan birga, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvçi ommaviy tartibsizliklar va boşqa ğayriqonuniy harakatlarga çek qöyiş böyiça yangi vazifa belgilanmoqda. Bu tadbirlar qonunçilikda belgilangan tartibda Milliy gvardiya tomonidan mustaqil ravişda yoki vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda amalga oşiriladi.
Qonunning yana bir muhim jihati Milliy gvardiya harbiy xizmatçilarining fuqarolar bilan muloqot qiliş tartibiga taalluqli.
Amaldagi qonunçilikda xodim fuqaroga murojaat qilganda yoki fuqaro unga murojaat qilganda özini taniştiriş tartibi aniq belgilanmagan. Yangi özgartişlarga köra, harbiy xizmatçi fuqaroga murojaat qilganda öz lavozimi, unvoni, familiyasi, ismi va otasining ismini aytişi, murojaat qiliş sababi va maqsadini tuşuntirişi şart böladi. Fuqaroning talabiga köra esa xizmat guvohnomasini körsatişi kerak.
Agar fuqaroning huquq va erkinliklarini çeklovçi çoralar qöllanilsa, harbiy xizmatçi bunday çoralarning sababi va asoslarini, şuningdek, fuqaroning şu munosabat bilan yuzaga keladigan huquq va majburiyatlarini tuşuntirişi lozim.
Fuqaro Milliy gvardiya harbiy xizmatçisiga murojaat qilganida ham xodim özini taniştirib, murojaatni diqqat bilan eşitişi, öz vakolati doirasida tegişli çora körişi yoki masalani hal qiliş qaysi organ vakolatiga kirişini tuşuntirişi belgilanmoqda.
Bundan taşqari, jamoat xavfsizligini taminlaşda maxsus vositalarning zamonaviy turlaridan foydalaniş böyiça Milliy gvardiyaning huquqlari aniqlaştirilmoqda. Şu bilan birga, uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajariş uçun zarur bölmagan ayrim huquqlar çiqarib taşlanadi.
Qutbiddin Burxonovning aytişiça, qonun loyihasi qömita huzuridagi işçi guruh azolari, mutaxassis va ekspertlar iştirokida muhokama qilingan.
Mazkur özgartişlar Milliy gvardiya faoliyati samaradorligini oşiriş, qonun ustuvorligini mustahkamlaş, şuningdek, fuqarolar bilan munosabatlarda oçiqlik va qonuniylikni taminlaşga qaratilgan.
Senatorlar qonunni maqullagan.
Eslatib ötamiz, “Özbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga Özbekiston Respublikasining Davlat çegarasini qöriqlaş hamda himoya qilişni yanada kuçaytirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun senatorlar tomonidan maqullangani haqida xabar berilgan edi.