USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Surxondaryoda 3,5 ming yillik qabriston topildi

112 марта
Сурхондарёда 3,5 минг йиллик қабристон топилди

Surxondaryodagi Ozod yodgorligida miloddan avvalgi 1700–1500-yillarga oid Sopolli madaniyatiga xos qabriston topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Ozod yodgorligi 2023 yilda Surxondaryo havzasining şarqiy qismida ötkazilgan dala-qidiruv işlari davomida aniqlangan. U Şörçi tumanidagi Ozod qişloğining janubi-şarqida, Dalvarzintepa yodgorligidan qariyb 6 kilometr janubi-şarqida joylaşgan.

Maydoni taxminan 200×100 metr bölgan yodgorlik hududida 100 ga yaqin qabr mavjudligi aniqlangan. Joriy yilning 15 avgustidan boşlab yodgorlikning janubi-ğarbiy qismidagi 10 dan ortiq qabrda arxeologik qazuv-tadqiqot işlari olib borilmoqda.

Dastlabki natijalarga köra, qabrlardagi tuziliş va ulardan aniqlangan arxeologik aşyolar Sopolli madaniyati yodgorliklariga xos. Radiokarbon (¹⁴C) tahlillari hamda topilmalarning qiyosiy-tipologik örganilişi yodgorlikni miloddan avvalgi 1700–1500-yillarga taalluqli ekanini körsatmoqda.

Mutaxassislarning qayd etişiça, Ozod yodgorligi Surxondaryo havzasida aniqlangan eng qadimgi qabristonlardan biri hisoblanadi. Şu bois u mintaqada qadimgi dafn ananalarining şakllanişi va rivojlaniş bosqiçlarini örganişda muhim ilmiy ahamiyatga ega. Ayni paytda yodgorlikda arxeologik dala-qazuv tadqiqotlari davom ettirilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanidagi Boburtepa arxeologik yodgorligida olib borilgan qazişmalar davomida qadimiy bino qoldiqlari va noyob devoriy surat namunasi topilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: