Belgiyaning Özbekistondagi yangi elçisi tayinlandi
Bugun, 10 sentyabr kuni Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Belgiyaning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlangan Matias Kendedan işonç yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda Saidov özining Telegram-kanalida malum qildi.
Qayd etilişiça, suhbat davomida Toşkentda Belgiya elçixonasi faoliyati yölga qöyilayotgani ikki davlat munosabatlaridagi muhim voqea ekani qayd etilgan.
Davlatlar örtasidagi siyosiy muloqotni yanada mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalariga alohida etibor qaratilgan.
“Ikki tomonlama va Yevropa Ittifoqi doirasida Özbekiston-Belgiya aloqalarini yanada rivojlantirişga tayyorligimizni takidladik. Elçi janoblariga Özbekistondagi masuliyatli va şarafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deydi Saidov.
Eslatib ötamiz, avvalroq Belgiya qirolligi Toşkent şahrida elçixona oçişni rejalaştirayotgani haqida xabar berilgan edi. Özbekistonning uşbu mamlakatdagi birinçi elçixonasi esa 1995 yil iyun oyida oçilgan. Bungaça Markaziy Osiyo davlatlaridan faqat Qozoğistonning Ostona şahrida Belgiya elçixonasi mavjud bölgan. Toşkentda esa faxriy konsullik faoliyat yuritadi.