USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Germaniya ham Özbekistonga yangi elçi tayinladi

43 марта
Германия ҳам Ўзбекистонга янги элчи тайинлади

Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Germaniya Federativ Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlangan Mattias Follertdan işonç yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda Saidov özining Telegram-kanalida malum qildi.

“Germaniyani Yevropadagi işonçli va vaqt sinovidan ötgan hamkorlarimizdan biri sifatida yuksak qadrlaymiz. Sönggi yillarda oliy darajadagi taşriflar hamda muntazam siyosiy muloqotlar tufayli Özbekiston – Germaniya munosabatlari izçil rivojlanib bormoqda”, deydi vazir.

Uning bildirişiça, uçraşuvda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, oliy darajada erişilgan kelişuvlarni öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş muhimligini takidlangan.

“Elçi janoblariga Özbekistondagi masuliyatli va şarafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deydi Saidov.

Eslatib ötamiz, avvalroq Baxtiyor Saidov Şveytsariya Konfederatsiyasining mamlakatdagi yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elçisi Simon Gigerning işonç yorliqlari nusxalarini qabul qilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: