Şveytsariyaning Özbekistondagi yangi elçisi tayinlandi
Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Şveytsariya Konfederatsiyasining mamlakatdagi yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elçisi Simon Gigerning işonç yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda vazir özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Uçraşuvda Özbekiston va Şveytsariya örtasidagi siyosiy muloqotni yanada faollaştiriş, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilingan. Tomonlar sanoat kooperatsiyasi va yangi qöşma loyihalarni ilgari suriş masalalariga ham alohida etibor qaratgan.
Şuningdek, ikki davlat örtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirişga qaratilgan say-harakatlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş masalasi takidlangan.
Uçraşuv yakunida Baxtiyor Saidov yangi elçiga masuliyatli diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tilab, Özbekiston – Şveytsariya munosabatlarini yanada rivojlantirişga qaratilgan say-harakatlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşini tasdiqlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston Islom Respublikasining mamlakatdagi yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elçisi Muhammad Mudassir Tipuning işonç yorliqlari nusxalarini qabul qilgandi.