USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ozarbayjon Özbekistonga yangi elçisi tayinladi

69 марта
Озарбайжон Ўзбекистонга янги элчиси тайинлади

Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasining mamlakatdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elçisi Raşad Mamedovdan işonç yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda vazir özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Qayd etilişiça, uçraşuv davomida Özbekiston va Ozarbayjon örtasidagi köp asrlik qardoşlik riştalari, muştarak tarixiy hamda madaniy ildizlarga asoslangan munosabatlar, şuningdek, davlat rahbarlari örtasidagi işonçli muloqot tufayli strategik şeriklik va ittifoqçilik aloqalari izçil rivojlanayotgani takidlangan.

Tomonlar siyosiy muloqotning yuqori suratini saqlab qoliş, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş, şuningdek, transport va logistika sohalaridagi qöşma loyihalarni ilgari suriş masalalarini muhokama qilgan.

Şuningdek, Raşad Mamedovning diplomatik tajribasi Özbekiston va Ozarbayjon örtasidagi ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş hamda hamkorlikni yangi amaliy natijalar bilan boyitişga xizmat qilişi qayd etilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston Islom Respublikasining mamlakatdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elçisi Muhammad Mudassir Tipuning işonç yorliqlari nusxalarini qabul qilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: