Xorijdagi madaniy boyliklarni qaytariş böyiça komissiya tuziladi
Özbekistonda xorijga olib çiqib ketilgan madaniy boyliklarni qaytariş böyiça komissiya tuziladi. Bu haqda bugun, 10 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan madaniy merosni asrab-avaylaş, muzey işini rivojlantiriş va Özbekiston madaniyatini xalqaro maydonda tarğib qiliş böyiça kelgusi işlar yuzasidan taqdimotda söz boradi.
Qayd etilişiça, sönggi yillarda mamlakatda tarixiy merosni asrab-avaylaş, yodgorliklarni restavratsiya qiliş, muzeylarni modernizatsiyalaş va xalqaro madaniy hamkorlikni kengaytirişga etibor izçil kuçaymoqda. Bu işlar gumanitar siyosatning muhim yönalişi, milliy özlikni mustahkamlaş va Özbekistonning turistik jozibadorligini oşiriş omiliga aylanmoqda.
UNESCO yönalişida erişilgan natijalar alohida qayd etilgan. Butunjahon merosi qömitasining 48-sessiyasida Özbekistonning “Toşkentning modernizm memorçiligi: Markaziy Osiyo zamonaviyligi va ananalari” milliy nominatsiyasi Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan. Özbekiston XX asr modernizmi memoriy merosi bunday maqomga ega bölgan Markaziy Osiyo va MDHdagi birinçi davlat bölgan. Nominatsiya tarkibiga Toşkent şahridagi 10 ta muhim obekt kiritilgan. Bu sönggi 25 yilda Özbekistonning UNESCO Butunjahon merosi röyxatiga birinçi milliy kiritilişi bölgan.
Faol siyosiy-diplomatik işlar natijasida “Quyoş” geliomajmuasi Butunjahon merosi obekti tarkibida saqlab qolingan.
Yangi xalqaro maqom Toşkentning memoriy merosini asrab-avaylaş va örganiş, madaniy turizmni rivojlantiriş, tadqiqotçilar, memorlar va xalqaro ekspertlarni jalb etiş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratadi. Şu munosabat bilan poytaxtning modernizm memorçiligini asrab-avaylaş va tarğib qiliş böyiça 2026-2030 yillarga möljallangan Davlat dasturini amalga oşiriş közda tutilmoqda.
Şuningdek, UNESCÖning Butunjahon merosi röyxatiga kiritiş uçun “Zomin toğlari” tabiat obekti nominatsiyasini tayyorlaş masalasi ham körib çiqilgan. Uşbu hudud Zomin davlat qöriqxonasi va Zomin milliy tabiat boğini qamrab olib, qimmatli arça örmonlari hamda noyob hayvonlar va quşlar yaşaş makonlariga ega yagona toğ tabiiy majmuasini taşkil etadi.
Taqdimotda Özbekiston Respublikasining UNESCO işlari böyiça Milliy komissiyasi kotibiyati faoliyatini takomillaştiriş masalalariga ham töxtalib ötilgan. Kotibiyatning UNESCÖning ijodiy şaharlar tarmoği, talim beruvçi şaharlar tarmoği, assotsiatsiyalaşgan maktablar tarmoği, UNESCO kafedralari, assotsiatsiyalar va klublar, şuningdek, global geoparklar tarmoğida mamlakat iştirokini muvofiqlaştiriş funktsiyalarini kengaytiriş taklif etilmoqda.
Madaniy meros sohasidagi amaliy işlarga alohida etibor qaratilufy. Sönggi yillarda madaniy meros obektlarini restavratsiya qiliş uçun davlat byudjetidan 466,4 milliard söm mablağ yönaltirilgan. 305 ta loyiha-smeta hujjati tayyorlangan, 55 ta obektda işlar yakunlangan, yana 152 ta obektda işlar davom etmoqda.
Uşbu işlarni tizimlaştiriş maqsadida 8 183 ta madaniy meros obekti böyiça kadastr hujjatlari şakllantirilgan. Yodgorliklarni qisqa muddatli ijaraga beriş orqali 4 187 ta tadbirkorlik subekti jalb etilib, sohaviy jamğarmaga 27,9 milliard söm yönaltirilgan. 2025 yilda 52 ta obektga 152,9 milliard söm miqdorida mahalliy va xorijiy investitsiyalar jalb qilingan.
Özbekistonda Heritage Impact Assessment (HIA) – merosga tasirni baholaşning printsipial yangi tizimini joriy etiş Buxoro, Samarqand, Xiva, Şahrisabz kabi noyob tarixiy şaharlar va Toşkentning modernizm memorçiligini jadal quriliş hamda infratuzilma rivoji şaroitida himoya qilişda muhim qadam böladi.
Madaniy merosning yagona raqamli platformasini, obektlarning raqamli egizaklarini, Heritage Open Data tizimini, şuningdek, madaniy meros böyiça situatsion markazni taşkil etiş taklif etilmoqda. Bu markaz IoT-sensorlar, suniy yöldoş malumotlari, videotahlil va suniy intellekt vositalaridan foydalangan holda monitoring olib boriş imkonini beradi. 2030 yilga qadar barça madaniy meros obektlarini raqamlaştiriş rejalaştirilgan.
Turistik yuklamani boşqariş uçun Visitor Management tizimini joriy etiş, raqamli çiptalar qamrovini kengaytiriş, turistlar oqimini prognoz qiliş va zaruratga qarab ayrim obektlarga taşrif limitlarini belgilaş közda tutilmoqda. Kadrlar tayyorlaş sohasida mutaxassislar tayyorlaş tizimini yaratiş, Buxoroda ixtisoslaştirilgan restavratsiya oliy maktabini oçiş, Arxeologiya institutining hududiy filiallarini rivojlantiriş va restavratorlarni litsenziyalaşni joriy etiş rejalaştirilmoqda.
Tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyğunlaştiruvçi yangi loyihalar ham körib çiqilgan. Xususan, ananaviy usullar va zamonaviy loyihalaş, işlab çiqariş hamda restavratsiya texnologiyalarini birlaştiradigan ixtisoslaştirilgan mozaika markazini taşkil etiş taklif etilmoqda. Markaz Toşkent mozaika maktabini saqlaş, mutaxassislar tayyorlaş va monumental sanatning yangi yönalişini rivojlantiriş maydoniga aylanadi.
Içan-qala muzey-qöriqxonasi hududida “Olloqulixon karvonsaroyi” savdo markazini taşkil etiş loyihasi alohida körib çiqilgan. Savdo nuqtalarining tartibsiz joylaşuvi tarixiy obektlarning vizual yaxlitligini buzişi va turistlar uçun noqulayliklar keltirib çiqarişi qayd etilgan. Yangi loyiha ananaviy savdo ruhini saqlaş, hunarmandlar uçun şaroit yaratiş, körgazma va yarmarkalar ötkaziş, şuningdek, yangi turistik nuqtani şakllantirişga qaratilgan.
Kelgusida nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylaş sohasida davlat siyosatining yaxlitligini taminlaş maqsadida Respublika “Hunarmand” uyuşmasi Özbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi bilan hamkorlik qiladi.
Samarqandda “Aga Khan Trust for Culture” jamğarmasi bilan hamkorlikda Bibixonim majmuasini konservatsiya va restavratsiya qiliş loyihasiga alohida etibor qaratilgan. Loyiha madaniy meros obektlarida memoriy konservatsiya, ilmiy örganiş va restavratsiya işlarini boşqariş böyiça xalqaro standartlarni joriy etişni nazarda tutadi.
Loyiha doirasida yodgorlikni hujjatlaştiriş va tadqiq etiş, arxeologik va muhandislik tekşiruvlari, materiallar tahlili, konstruktiv modellaştiriş hamda loyiha yeçimlarini işlab çiqiş işlari olib boriladi. Mahalliy mutaxassislarni tayyorlaşga alohida etibor qaratiladi. Keyingi bosqiçlarda asosiy gumbaz va unga tutaş inşootlarni konservatsiya qiliş, hududni obodonlaştiriş va muzey ekspozitsiyasini yaratiş közda tutilgan.
Turli tarixiy davrlarda mamlakatdan olib çiqib ketilgan noyob tarixiy yodgorliklar, arxeologik aşyolar, nodir qölyozmalar va sanat asarlarini tizimli izlaş, huquqiy himoya qiliş va mamlakatga qaytariş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida madaniy boyliklarni repatriatsiya qiliş böyiça komissiyani şakllantirişga qaror qilingan.
Yakunda 2027-2035 yillarga möljallangan Madaniy merosni rivojlantiriş strategiyasi böyiça takliflar körib çiqilgan. Unda madaniy merosni raqamlaştiriş, moddiy va nomoddiy merosni asrab-avaylaş, madaniy boyliklarni repatriatsiya qiliş, tabiiy merosni muhofaza qiliş va restavratsiyani rivojlantiriş dasturlari nazarda tutilgan.
Davlat rahbari taqdim etilgan takliflarni takomillaştiriş va ularning amaliy ijrosini taminlaş böyiça topşiriqlar bergan.