USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xivada madaniy merosni asraş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

144 марта
Xivada madaniy merosni asraş böyiça yangi dastur işlab çiqiladi

Keça Xiva şahridagi dunyoga maşhur Içan-qala tarixiy majmuasida joylaşgan asosiy obektlar közdan keçirildi. Jumladan, Toşhovli saroyi, Muhammad Amin inoq madrasasi, Muhammad Aminxon madrasasi, Juma masjidi hamda Köhna Ark majmuasi atrofliça örganildi.

Taşrif davomida Içan-qalaning umumiy boş rejasi (master-rejasi), şuningdek, mavjud tarixiy yodgorliklarni asrab qoliş, ularni ilmiy asosda restavratsiya qiliş va zamonaviy muzey formatlariga moslaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Mutaxassislar takidlaganidek, uşbu hudud nafaqat Özbekiston, balki jahon madaniy merosining ajralmas qismi hisoblanadi. Şu bois, tarixiy obidalarni asl qiyofasini saqlagan holda tiklaş va ulardan manaviy-marifiy maqsadlarda samarali foydalaniş muhim ahamiyat kasb etadi.

Şu munosabat bilan, umumiy tarixiy ildizlarimiz va betakror milliy özligimizni asrab-avaylaş maqsadida Xorazm viloyatida madaniy merosni muhofaza qilişga qaratilgan maxsus dastur işlab çiqilişi rejalaştirilmoqda.

Mazkur dastur doirasida tarixiy obektlarni saqlaş, restavratsiya işlarini tizimli yölga qöyiş, turistik jozibadorlikni oşiriş hamda yoş avlodda milliy qadriyatlarga hurmat tuyğusini mustahkamlaşga alohida etibor qaratiladi.

Takidlaş joizki, Xiva şahrida amalga oşirilayotgan bunday keng kölamli işlar nafaqat hududning sayyohlik salohiyatini oşiradi, balki milliy merosimizni kelajak avlodlarga bezarar yetkazişda muhim qadam bölib xizmat qiladi.



Изоҳ қолдириш

    • Odilbek 28 Aprel 2026 11:56
      Assalomu alaykum, bu kabi tarixiy obidalarni asrash nafaqat davlat oʻrginlarini balkiy har bir Oʻzbekiston ahlini burchi hisoblanadi. Juda ajoyib !

Мавзуга алоқадор: