Şvetsiya Özbekistonga yangi elçisini tayinladi
Keça, 10 sentyabr kuni Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Şvetsiyaning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlangan Martin Rozen janoblaridan işonç yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda Saidov özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Qayd etilişiça, sönggi yillarda Özbekiston – Şvetsiya munosabatlari sezilarli darajada faollaşmoqda.
Şuningdek, suhbat davomida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş hamda işbilarmon doiralar örtasidagi töğridan-töğri aloqalarni rağbatlantiriş muhimligi takidlangan.
“Elçi janoblariga yangi vazifasida muvaffaqiyatlar tilab, özaro munosabatlarni yangi bosqiçga olib çiqiş uçun birgalikda işlaşga tayyor ekanimizni tasdiqladik”, deyiladi xabarda.
Malumot uçun, Özbekiston va Şvetsiya örtasida diplomatik munosabatlar 1992 yil 8 aprelda örnatilgan. Martin Rozengaça Şvetsiyaning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Tomas Danestad bölib, u 2022–2026 yillarda uşbu lavozimda faoliyat yuritgan.
Şuningdek, Şvetsiyaning Toşkentda doimiy rezident elçixonasi binosi mavjud emas. Şu sababli, Şvetsiya Taşqi işlar vazirligining maxsus tizimiga köra, elçi öz vazifalarini Stokgolmdan turib bajaradi va munosabatlarni mustahkamlaş uçun Özbekistonga muntazam ravişda diplomatik safarlar uyuştirib turadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Belgiyaning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlangan Matias Kendedan işonç yorliqlari nusxalarini qabul qilgan edi.