Şavkat Mirziyoyev Paşinyan bilan telefonda gaplaşdi
Bugun, 11 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Armaniston Respublikasi Boş vaziri Nikol Paşinyan bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Özbekiston – Armaniston munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
Şu manoda, sanoat kooperatsiyasi böyiça yangi qöşma loyihalarni işlab çiqiş dolzarb ekani alohida qayd etilgan.
Davlat rahbari Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mintaqalarini boğlaydigan logistika va transport yölaklarini rivojlantiriş orqali özaro boğliqlikni mustahkamlaş muhimligini takidlagan.
Prezident mintaqaviy barqarorlik va izçil taraqqiyot uçun mustahkam asos böladigan Tinçlik şartnomasini tez fursatda imzolaş borasidagi say-harakatlarni yuksak baholagan.
Ikki va köp tomonlama, şu jumladan, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi doirasidagi tadbirlar rejasi ham körib çiqilgan.