USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yekaterinburgda oğir ahvolga tuşgan özbekistonlik vatanga qaytarildi

48 марта
Екатеринбургда оғир аҳволга тушган ўзбекистонлик ватанга қайтарилди

Rossiyaning Yekaterinburg şahrida oğir moddiy ahvolga tuşib qolgan Özbekiston fuqarosiga mamlakatga qaytişida yordam körsatildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. 

Qayd etilişiça, Toşkent viloyatida tuğilgan A. D. joriy yilning 8 sentyabr kuni Özbekistonning Yekaterinburg şahridagi Boş konsulxonasiga murojaat qilgan. Özbekistonlik fuqaroning malum qilişiça, u joriy yilning yanvarida vaqtinça mehnat faoliyati bilan şuğullaniş uçun Sverdlovsk viloyatiga kelgan.

Biroq iyul oyida vaqtinça yaşaş joyida yiqilib tuşişi oqibatida umurtqa poğonasidan oğir jarohat olgan. Mablaği yöqligi sababli zarur davolaniş kursini ololmagan va mehnat faoliyatini davom ettira olmagan.

Şuningdek, uning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlari foydalanişga yaroqsiz holga kelib qolgan.

Konsullik xodimlari vaziyatni örganib, tegişli idoralar bilan zarur çoralarni körgan. Natijada unga Özbekistonga qaytiş guvohnomasi rasmiylaştirib berilgan.

Şundan söng belgilangan tartibda Migratsiya agentligi jamğarmasi mablağlari hisobidan “Ekaterinburg – Toşkent” yönalişidagi aviareysga bilet xarid qilingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şvetsiya va Polşada migratsiya qonunçiligini buzgan 27 nafar Özbekiston fuqarosi çarter reysi orqali Toşkentga olib kelingani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: