USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Oğir kasallikni yenggan Selin Dion 6 yildan söng jonli kontsert berdi

112 марта
Оғир касалликни енгган Селин Дион 6 йилдан сўнг жонли концерт берди

Selin Dion salomatligi bilan boğliq muammolar sababli uzoq tanaffus qilganidan söng keça, 12 sentyabr kuni Parijda 6 yildan ortiq vaqt içidagi ilk jonli kontsert dasturini namoyiş etdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

“Men vada bergan edim. Sahnaga qaytişga va yana sahnada bölişga vada bergan edim. Mana, men sizlar uçun va özim uçun qöşiq kuylayapman. Qöllab-quvvatlaganingiz va sabr qilganingiz uçun juda katta rahmat. Men sizlarning mehringiz tufayli kim bölsam, şu insonman”, degan Dion.

Xonanda sönggi marta 2020 yilda Courage Tour gastrol safari doirasida töliq kontsert dasturi bilan sahnaga çiqqan edi. Biroq 2022 yilda unga qattiq odam sindromi (SPS) deb ataluvçi kam uçraydigan nevrologik kasallik taşxisi qöyilganidan keyin rejalaştirilgan 2022 yilgi Şimoliy Amerika gastrollarini davom ettira olmagan.

Qayd etilişiça, Dion 2026 yil 12 sentyabridan 2027 yil 29 mayiga qadar Parijdagi Plenitude Arena'da kontsertlar berişni rejalaştirgan. 

Qattiq odam sindromi – kam uçraydigan avtoimmun nevrologik kasallik bölib, köpinça muşaklarning qotişi va oğriqli spazmlarga olib keladi. Ularning darajasi turliça bölişi mumkin. Kasallik organizmning soğlom nerv hujayralariga xato ravişda hujum qilişi natijasida yuzaga keladi. Hozirça uşbu kasallikning malum davosi mavjud emas.

Taşxis qöyilganidan keyin Dion ommadan uzoqlaşdi va şundan beri faqat uç marta qisqa çiqiş qildi. U 2020 yilda COVID-19 pandemiyasi davrida tibbiyot xodimlariga bağişlangan xayriya tadbirida virtual çiqiş qilgan.

2024 yilda Parijdagi yozgi Olimpiada oçiliş marosimida Edit Piafning “Hymne à l’amour” qöşiğini ijro etgan. Şu yilning oxirida esa Saudiya Arabistonining Ar-Riyod şahrida dizayner Eli Saabning moda namoyişi yakunida sahnaga çiqqan.

Parijdagi kontsert Dionning arenada ötkazişi rejalaştirilgan 26 ta kontsertidan birinçisi böldi. Dastlab xonanda 10 ta kontsert berişini rejalaştirgan edi, biroq çiptalarga bölgan yuqori talab sababli ularning soni 26 taga oşirilgan.

Çiqişdan söng Dion 30 mart kuni, tuğilgan kunida sahnaga qaytişini elon qilgan. Kontsertlar uçun taxminan 1 million 170 mingta çipta bir neça soat içida sotilib ketgan. Malumotlarga köra, ularni xarid qiliş uçun 9 milliondan ortiq muxlis harakat qilgan.

Dion kontsertlarda özining eng maşhur qöşiqlarini ijro etişi kutilmoqda. Ular orasida “My Heart Will Go On”, “It’s All Coming Back to Me Now”, “The Power of Love” va uning ona tili – frantsuz tilidagi “Pour que tu m’aimes encore” qöşiği bor.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: