Kontsertida Falastin bayroğini kötargan musiqiy guruh taqiqqa uçradi
Britaniyaning Massive Attack musiqiy guruhi Singapurdagi kontserti vaqtida sahnada Falastin bayroğini namoyiş qilgani uçun mamlakatda qayta kontsert ötkaziş huquqidan mahrum qilindi. Bu haqda mamlakat politsiyasiga tayanib, “The Guardian” xabar berdi.
Politsiya malumotiga köra, joriy yilning 29 iyul kuni bölib ötgan kontsert vaqtida guruhning ikki azosi sahnada Falastin bayroğini kötargan. Ulardan biri, şuningdek, “Free Palestine” (“Falastinga ozodlik”) deb qiçqirgan.
Qayd etilişiça, Singapurda maxsus ruxsatnomasiz xorijiy davlatlarning bayroqlari, davlat ramzlari yoki bannerlarini oçiq namoyiş qiliş qonun bilan taqiqlangan.
Tergov yakunlariga köra, ikki musiqaçiga rasmiy ogohlantiriş berilgan va ularning Singapurga qayta kirişi taqiqlangan. Şuningdek, mamlakatning media regulyatori guruhning kelgusida kontsert ötkaziş uçun beriladigan har qanday arizasini rad etişini malum qilgan.
Huquq-tartibot idoralari kontsert taşkilotçisi litsenziya şartlaridan xabardor bölganiga qaramay, kontsert davomida mazkur qoida buzilganini takidlagan. Şu bilan birga, regulyator litsenziya talablari buzilgan-buzilmaganini ham örganmoqda. Hozirça kontsert taşkilotçisi uşbu holat yuzasidan izoh bermagan. Massive Attack ham rasmiy bayonot bilan çiqmagan.
Politsiya Singapurda yaşovçilar va xorijliklarni mamlakatga taşqi siyosiy mojarolarni olib kirmaslikka çaqirib, bu ijtimoiy hamjihatlik va qonun ustuvorligiga putur yetkazişi mumkinligini takidlagan.
Malumot örnida, Massive Attack guruhi Isroilning Ğazodagi harbiy amaliyotlarini tanqid qilişi va Falastinni qöllab-quvvatlaşi bilan tanilgan. Guruh yetakçisi Robert Del Naja joriy yil aprel oyida Londonda Falastinni qöllab-quvvatlovçi aktsiyada iştirok etgani uçun qölga olingan 200 dan ortiq namoyişçilar orasida bölgan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ispaniya Boş vaziri Pedro Sançes “Barselona” hujumçisi Lamin Yamalning Falastin bayroğini kötarib çiqqanini qöllab-quvvatlagan edi.